» » Oliy Majlis deputati: Men Xalqaro press-klub faoliyatiga munosabat bildirdim, lekin so‘z erkinligiga qarshi emasman (video)

Oliy Majlis deputati: Men Xalqaro press-klub faoliyatiga munosabat bildirdim, lekin so‘z erkinligiga qarshi emasman (video)


Oliy Majlis Qonunchilik palatasi deputati Abduqodir Toshqulov O‘zLiDePning Facebook’dagi sahifasida uyushtirilgan onlayn videomuloqot davomida Xalqaro press-klub va uning mas’ullarini tanqid ostiga oldi.

Abduqodir Toshqulov bu masalada avval ham — XPK anjumanlarining jonli efirdagi namoyishlari vaqtincha to‘xtatilgani haqidagi xabarlar paydo bo‘lganida Facebook orqali fikr bildirgan edi.

Jumladan, uning fikricha, XPK moderatorlari insonlar mushkulini oson qilish emas, balki rahbarga yaxshi ko‘rinish ilinjida ishlagani uchun “yuztuban bo‘ldi”.

“Hech bir mamlakatda jurnalist mansabdorlar bilan bepisand muomala qilib, buni dunyoga ko‘z-ko‘z qilmaydi… Umuman olganda, bir-ikki bosar-tusarini bilmay qolganlarni deya, demokratik islohotlarga zarar yetmaydi”, — deb yozgandi Abduqodir Toshqulov.

O‘zLiDePning Facebook’dagi sahifasida uyushtirilgan onlayn videomuloqot davomida deputat Toshqulov uning bu so‘zlari ba’zi xorijiy saytlar tomonidan noto‘g‘ri qilinganini ta’kidlab, aslida nima demoqchi bo‘lganini tushuntirdi.

Yaqinda Xalqaro press-klubning faoliyatiga baho berib, ba’zi xalqaro saytlarda bu holga biroz boshqacha talqin berilganini kuzatdik. Deputat sifatida mana shu masala bo‘yicha munosabat bildirganimizdan xursand bo‘ldim. Lekin talqin noto‘g‘ri bo‘ldi. Men u yerda so‘z erkinligiga qarshi gapirmaganman.

Men [Xalqaro press-klub]ga mas’ul bo‘lgan insonlarning o‘zini tutishi, ya’ni bizning sharqona mentalitetimizga to‘g‘ri kelmaydigan… Bu, bilasizmi, OAVning uzoq yillar turg‘un ishlashidan keyin qadamlarni biroz o‘ylab bosish kerak, degan fikrim bor. Bu — men so‘z erkinligiga qarshiman, degani emas. Siz agar deputatlar orasida ham, hamkasblarim orasida ham surishtirsangiz, o‘rgansangiz, muammolarni yaqqol bayon qilganim uchun ba’zida gap ham eshitib qolaman. Doimiy shunday bo‘lgan.

Lekin, bilasizmi, hokimni o‘rnidan turg‘azib, ijrosini talab qilish, unga muddat belgilash — buning uchun yuqori rahbarlar bor. Hukumat tizimida vertikal boshqaruv bor. Jurnalist masalani qo‘yib, shu muammoni xalqning nomidan yetkazib, “Bu albatta OAVning nazoratida bo‘ladi”, deb qo‘yishining o‘zi kifoya.

Nima uchun men gapni buyoqdan boshladim? “Kun.uz” saytini men juda hurmat qilaman. Shu sayt rahbarlar bilan videomuloqot qilganida ham juda odob bilan, o‘zbekona lutf bilan murojaat qilinadi. Ya’ni, rahbarga… u baribir rahbar! U elning ustida turibdi. Bitta tumanning hokimi hozir jurnalistdan ham, deputatdan ham ko‘proq ishlayapti

Mana shu nuqtai nazardan yondashilsa, yaxshi bo‘ladi. Xalqning manfaatini ham juda madaniyat bilan himoya qilsa bo‘ladi. Qo‘pol so‘zlarsiz, baqir-chaqirlarsiz qilsa bo‘ladi buni. Bo‘lyapti ham. Davlatimiz rahbari hammamizga xalqning ichiga kirishni o‘rgatdilar. Haqiqatan ham bu masalada kamchiliklar bo‘lgan.

Abduqodir Toshqulov, Oliy Majlis Qonunchilik palatasi deputati

Ma’lumot uchun, Abduqodir Toshqulov 1976-yil 29-avgust kuni Surxondaryo viloyati Boysun tumanida tug‘ilgan. 1998-yili Termiz davlat universitetini moliya va kredit mutaxassisligi bilan tamomlagan, iqtisod fanlari nomzodi, dotsent.

O‘zbekiston Liberal-demokratik partiyasi (O‘zLiDeP) a’zosi. 2010-yildan hozirgi vaqtda Oliy Majlis Qonunchilik palatasi deputati (70-Termiz saylov okrugidan saylangan). Qonunchilik palatasining Qonunchilik va sud-huquq masalalari qo‘mitasi a’zosi.

Avvalroq Abduqodir Toshqulov Toshkent davlat iqtisodiyot universitetiga kirish imtihonlaridagi shubhali “tasodiflar”ga munosabat bildirib, universitetdagi bu ahvol avval ham shunday bo‘lganini ta’kidlagan edi.

Mavzuga doir: Oliy Majlis deputati: “Narxoz”dagi ahvol bundan to‘rt yillar avval ham shunday edi. Test imtihonlari isloh qilinadi

“Daryo”ning YouTube’dagi rasmiy sahifasiga obuna bo‘ling

Опубликовано: admin (29-08-2017, 12:27)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Сколько времени в день вы проводите в социальных сетях?

КТО НА САЙТЕ?
( 83) ( 0) ( 82) ( 1)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют