» » Xavfsizlik kengashi KXDR Yaponiya tomonga ballistik raketa uchirishiga bag‘ishlangan shoshilinch yig‘ilish o‘tkazadi

Xavfsizlik kengashi KXDR Yaponiya tomonga ballistik raketa uchirishiga bag‘ishlangan shoshilinch yig‘ilish o‘tkazadi


BMT Xavfsizlik kengashining Shimoliy Koreya tomonidan “Xvanson-12” ballistik raketasi uchirilishini muhokama etishga bag‘ishlangan shoshilinch yig‘ilishi 29-avgust, seshanba kuni o‘tkaziladi. Bu haqda “Vedomosti” xabar bermoqda.

Xavfsizlik kengashi yig‘ilishi AQSh, Yaponiya va Janubiy Koreya tashabbusi bilan chaqirilmoqda.

Eslatib o‘tamiz, 29-avgust kuni saharda uchirilgan KXDR raketasi Yaponiyaning Xokkaydo oroli osmonidan uchib o‘tib, undan 1180 kilometr nariga, Tinch okeaniga quladi.

Janubiy Koreya milliy razvedka xizmatiga ko‘ra, KXDR Pangi-ri tajriba poligonida 9-sentabr kuni yangi yadro sinoviga tayyorgarlik ko‘rayotgani alomatlari sezilmoqda. Shu kuni Shimoliy Koreyada millat e’lon qilingan kun nishonlanadi.

“Daryo”ning YouTube’dagi rasmiy sahifasiga obuna bo‘ling

Опубликовано: admin (29-08-2017, 16:57)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Кто вы по знаку зодиака?

КТО НА САЙТЕ?
( 108) ( 0) ( 106) ( 2)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют