» » Uzluksiz ishlaydigan valyuta ayirboshlash shoxobchalari, “SAMPI”dagi “o‘yinlar”, Xalqaro press-klubni tanqid qilgan deputat va kunning boshqa muhim xabarlari

Uzluksiz ishlaydigan valyuta ayirboshlash shoxobchalari, “SAMPI”dagi “o‘yinlar”, Xalqaro press-klubni tanqid qilgan deputat va kunning boshqa muhim xabarlari


29-avgustning e’tiborga molik yangiliklari — “Daryo”ning kechki dayjestida.

1. “Shubhali tasodiflar” epidemiyasi: “SAMPI”ga o‘qishga kirgan kamida 40 abituriyent imtihonda yonma-yon o‘tirgan. Bungacha TDIU va O‘zMUda shunday holatlar aniqlangan edi.

2. Markaziy bank: Valyuta sotib olish shoxobchalari faoliyati uzluksizligi ta’minlanadi. Tijorat banklariga Markaziy bank tomonidan madad pullari berish tartibi to‘g‘risidagi nizom kuchga kirdi.

3. Toshkent shahrida Qurbon hayiti kuni jamoat transportlari soat 04:00 dan ish boshlaydi. O‘zbekistonda Qurbon Hayiti 1-sentabr kuni nishonlanadi.

4. Oliy Majlis deputati: Men Xalqaro press-klub faoliyatiga munosabat bildirdim, lekin so‘z erkinligiga qarshi emasman. “Umuman olganda, bir-ikki bosar-tusarini bilmay qolganlarni deya, demokratik islohotlarga zarar yetmaydi”.

5. Baxtiyor otalar: Shimoliy Koreya rahbari Kim Chen Inning uchinchi farzandi tug‘ildi (fevralda tug‘ilgan, lekin bu haqda endi ma’lum bo‘ldi), Facebook asoschisi Mark Sukerbergning ikkinchi qizi dunyoga keldi.

“Daryo”ning YouTube’dagi rasmiy sahifasiga obuna bo‘ling

Опубликовано: admin (29-08-2017, 20:42)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Что нужно улучшить на нашем сайте?

КТО НА САЙТЕ?
( 80) ( 0) ( 79) ( 1)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют