» » Toshkent shahar IIBB alohida vazifalar bajaruvchi safarbar otryadi yuqori darajali jangovor tayyorgarlikka o‘tdi (foto)

Toshkent shahar IIBB alohida vazifalar bajaruvchi safarbar otryadi yuqori darajali jangovor tayyorgarlikka o‘tdi (foto)


Toshkent shahar IIBB alohida vazifalar bajaruvchi safarbar otryadi O‘zbekiston Respublikasi mustaqilligining 26 yilligi, Qurbon hayiti, “Bilimlar kuni” bayramlarini fuqarolar tomonidan yuqori kayfiyatda kutib olinishi, ularning tinchlik va osoyishtaligini hamda xavfsizligini ta’minlash maqsadida yuqori darajadagi jangovor tayyorgarlik holatiga o‘tkazildi. Bu haqda Toshkent shahar IIBB ma’lum qildi.

Shaxsiy tarkib zamonaviy o‘q-otar qurollar hamda texnika vositalari bilan ta’minlgan bo‘lib, o‘z zimmasiga yuklatilgan xizmat vazifalarini bajarishga tayyor.

Shuningdek, Toshkent shahar IIBB Post-patrul xizmati va Jamoat tartibini saqlash boshqarmasi xodimlari tomonidan poytaxt ko‘chalari, xiyobonlar va odamlar gavjum bo‘lgan bozorlar, dam olish maskanlari, ta’lim muassasalari tinimsiz nazoratga olingan.

Qo‘riqlash boshqarmasi tomonidan poytaxtdagi turar va noturar joy obyektlariga 48711 ta videokuzatuv kamerasi va 9492 ta qo‘riqlash texnika vositalari o‘rnatilgan. Shaxsiy tarkib tomonidan uning zimmasiga yuklatilgan vazifa va majburiyatlarning to‘laqonli bajarilishi uchun transport va moddiy texnika vositalari to‘liq shay holatga keltirilgan.

Yo‘l harakati xavfsizligi boshqarmasi maxsus avtomobil va motosikllarni texnik ko‘rikdan o‘tkazgan va YPX xodimlari mazkur transport vositalarida xizmat vazifalarini bajarmoqda.

Yong‘in xavfsizligi boshqarmasi bayramlarga tayyorgarlik ko‘rish va uni o‘tkazish davrida xavfsizlikni ta’minlash maqsadida tuman dispetcherlari, boshqarma axborot kommunikatsiya texnologiyalari va aloqa markazi bilan to‘g‘ridan-to‘g‘ri aloqa o‘rnatgan.

Barcha tuman videokuzatuv moslamalari onlayn tartibda ishlamoqda. O‘z navbatida IIBB navbatchilik qismi bilan elektron, radioaloqa, shahar telefon tarmog‘i orqali bog‘lanilmoqda, vaziyat bo‘yicha axborot almashinuvi mukammallashuviga erishilib, poytaxt hududida yong‘in xavfsizligini ta’minlash va uning oldini olish choralari ko‘rilgan.

“Daryo” yangiliklarini Facebook’da kuzatib boring

Опубликовано: admin (30-08-2017, 07:27)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Понравился ли Вам наш сайт?

КТО НА САЙТЕ?
( 34) ( 0) ( 33) ( 1)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют