» » Nima uchun hamkasblar bilan suhbatlashish foydali?

Nima uchun hamkasblar bilan suhbatlashish foydali?


Olimlar hamkasblar bilan gaplashish aslini olganda ishga xalal bermasligini, balki ishlashga yordam berishini aniqladi.

Michigan universitetining olimlari juda qiziqarli tajriba o‘tkazdi. Qatnashuvchilarni ikki guruhga ajratishdi. Boshida birinchi guruhdagi tajriba qilinayotganlar 10 daqiqa ichida bir-birlari bilan tanishishlari kerak edi. Ikkinchi guruhdagilardan esa ma’lum bir mavzudagi o‘zaro bahslarda ishtirok etishlarini iltimos qilishdi. Keyin hamma qatnashuvchilarga bir necha murakkab masalalarni yechishni taklif qilishdi.

Bungacha erkin vaziyatda o‘zaro muloqotda bo‘lgan birinchi guruhdagi tajriba qatnashchilari masalalarni yechishda yaxshi natijalarga erishishdi. Ularda bosh miya  bajaruvchi funksiyalarining ancha yaxshilanganlik belgilari kuzatildi. Bu jarayonlar rejalashtirish, diqqatni to‘plash, eng muhimini belgilash va hatto ularni tashkil qilishga, boshqacha qilib aytganda bizga ish uchun zarur bo‘ladigan malakalar va sifatlarga javob beradi.

Surishtirish paytida qatnashuvchilarning deyarli 89 foizi hamkasblar bilan muloqotda bo‘lish yashash tarziga ijobiy ta’sir ko‘rsatishini tasdiqlashdi. Shuningdek, ma’lum bo‘ldiki: agar ishxonada odamning hech bo‘lmasa bitta do‘sti  bo‘lsa, bu uni korxona bilan mahkamroq bog‘laydi va bu yerda qolish istagini quvvatlab turadi.

Hamma gap empatiyada. Atrofdagi odamlar bilan bog‘liqlikni his qilish qobiliyati xodimlarda ishga bo‘lgan qiziqishni va o‘z ishiga berilishni ta’minlaydi. Odam hamkasblari bilan suhbatlashishi natijasida asta-sekinlik bilan o‘z g‘oyalarini va mulohazalarini aytishdan qo‘rqish hissi yo‘qola boshlaydi. U o‘zini erkin va bexavotir sezadi.

Manba: “Novate.ru”

“Daryo”ning YouTube’dagi rasmiy sahifasiga obuna bo‘ling

Опубликовано: admin (30-08-2017, 12:57)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Сколько времени в день вы проводите в социальных сетях?

КТО НА САЙТЕ?
( 100) ( 0) ( 97) ( 3)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют