» » Shavkat Mirziyoyev qarori bilan “Paxtakor” moddiy-texnik bazasining 80 foizi xorijiy investorga berildi

Shavkat Mirziyoyev qarori bilan “Paxtakor” moddiy-texnik bazasining 80 foizi xorijiy investorga berildi


SFI Management Group “Paxtakor” futbol klubi texnik-bazasining 80 foiziga egalik qiladi. Bu haqda “Norma.uz” xabar berdi.

Mazkur qaror O‘zbekiston Prezidenti Shavkat Mirziyoyev tomonidan 21-avgust kuni imzolangan. Unga ko‘ra, “Paxtakor” sport-mashg‘ulot o‘quv markazi va Paxtakor Tennis ASE futbol klubi tasarrufiga kiritilgan. Aksiyalarning 20 foizi Toshkent shahar hokimligida saqlab qolingan.

Sharti, xorijiy investor oldindagi 5 yil davomida mazkur majmualarda qurilish, rekonstruksiya qilishi, binolarni kapital ta’mirdan chiqarishi, ularni xalqaro standartlarga moslashi kerak bo‘ladi. Mazkur 5 yillik biznes-reja xarajatlari 200 milliard so‘mdan kam bo‘lmaydi.

Aynan shu talablar bajarilganidan so‘ng, ustav fondidagi 80 foizlik ulush investorga to‘liq o‘tadi.

“Olamsport” nashrining ma’lumot berishicha, “Paxtakor” futbol klubining yangi rahbariyati zamonaviy stadion qurish ishlarini yarim yildan so‘ng boshlaydi. Hozirgi arena to‘liq buzib tashlanib, uning o‘rnida 30 ming ishqiboz uchun mo‘ljallangan yangi stadion barpo etiladi.

“Daryo” yangiliklarini Facebook’da kuzatib boring

Опубликовано: admin (31-08-2017, 12:57)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Кто вы по знаку зодиака?

КТО НА САЙТЕ?
( 92) ( 0) ( 91) ( 1)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют