» » “Paxtakor” poytaxt derbisida ham muxlislarga Damas yutib olish imkoniyatini beradi

“Paxtakor” poytaxt derbisida ham muxlislarga Damas yutib olish imkoniyatini beradi


Bugun — 21-aprel kuni Toshkent derbisi bo‘lib o‘tadi va unda “Paxtakor” o‘z maydonida “Lokomotiv” futbolchilarini qabul qiladi.

18:00 da start oladigan uchrashuvda omadli muxlis Damas avtomashinasini yutib olishi mumkin, deb xabar berdi klub matbuot xizmati. Chiptalar stadion atrofida sektoriga qarab 10 va 20 ming so‘mdan sotilayotgani ma’lum qilingan.

“Paxtakor” va “Metallurg” klublari o‘rtasidagi o‘yin uchun chipta sotib olgan muxlislar o‘sha chiptasi bilan tashrif buyurishi va Damas uchun imkoniyatini saqlab qolishi mumkinligi aytilgan. Bunda ikki o‘yin uchun sotilgan chipta raqamlari bir-biridan farq qiladimi yoki yo‘q — oydinlik kiritilmagan.

Ma’lumot uchun, “Paxtakor” mag‘lubiyatga uchragan “Dinamo”ga qarshi o‘yin vaqtida muxlislardan biri Damas avtomobilini yutib olishga muvaffaq bo‘lgandi.

Опубликовано: admin (21-04-2017, 09:28)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Сколько времени в день вы проводите в социальных сетях?

КТО НА САЙТЕ?
( 103) ( 0) ( 101) ( 2)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют