» » IFA 2017: Samsung sport uchun mo‘ljallangan uchta yangi gadjetini taqdim etdi

IFA 2017: Samsung sport uchun mo‘ljallangan uchta yangi gadjetini taqdim etdi


Samsung kompaniyasi Berlinda bo‘lib o‘tayotgan xalqaro IFA ko‘rgazmasida bir vaqtning o‘zida uchta “aqlli” gadjetlarini: Gear Sport sport soatini, Gear Fit2 Pro bilaguzugini hamda Gear IconX simsiz naushniklarini taqim etdi, deb xabar berdi “Hi-tech.mail.ru”.

Gear Sport suvdan himoya qiluvchi yangi 5 ATM darajasi bilan jihozlangan bo‘lib, undan basseynda mashg‘ulotlarni bajarish vaqtida foydalanish mumkin. Shuningdek, yurak urishini aniqlovchi datchik hamda ochiq havoda shug‘ullanishga mo‘ljallangan GPS mavjud.

Kompaniyaning ta’kidlashicha, ushbu soatlar harbiy qurilmalar kabi mustahkamlikka ega. Gear Sport’dan suvda suzishda, yugurishda, velosiped haydaganda, og‘ir atletikada hamda sportning boshqa ko‘plab faol turlarida foydalanish mumkin — qurilmaning o‘zi siz nima bilan shug‘ullanayotganingizni aniqlaydi. Shuningdek, soatlar mashhur servislar, jumladan, MyFitnessPal, MapMyRun bilan sinxronlasha oladi va smartfon bo‘lmaganida ham Spotify orqali musiqa tinglash mumkin.

Texnik tavsifi:

Bilaguzuk to‘rtburchak shaklli egri ekranga ega bo‘lib, u taqilganida qo‘lda yopishib turganga o‘xshaydi. Uning korpusini ham yangi 5 ATM darajali himoya vositasi suvdan asraydi.

Gear Fit2 Pro’ning texnik tavsifi:

Gear Sport soatlari hamda Gear Fit2 Pro bilaguzugi Samsung Galaxy smartfonlaridagi Android 4,3 va undan yuqori bo‘lgan operatsion tizimlarda, shuningdek, boshqa ishlab chiqaruvchilarning Android 4.4 va iOS 9.0 yoki undan yangi bo‘lgan tizimlarida ishlaydi.

Endilikda Gear IconX naushniklari avtonom tizimda 7 soatgacha, smartfonga ulanganida 5 soatgacha ishlay oladi. Naushniklar qoplamasida quvvatlantirishni amalga oshirishga mo‘ljallangan USB Type-C porti joylashtirilgan.

Gear Fit2 Pro’ning texnik tavsifi:

“Daryo”ning Telegram’dagi rasmiy kanali — @toshqindaryo’ga a’zo bo‘ling!

Опубликовано: admin (31-08-2017, 17:12)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Что нужно улучшить на нашем сайте?

КТО НА САЙТЕ?
( 123) ( 0) ( 121) ( 2)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют