» » Nyu-Yorkda Xristofor Kolumbga o‘rnatilgan yodgorlik vayron qilindi

Nyu-Yorkda Xristofor Kolumbga o‘rnatilgan yodgorlik vayron qilindi


Buzg‘unchilar Xristofor Kolumb sharafiga Nyu-Yorkning Yonkers bog‘iga o‘rnatilgan haykalga zarar yetkazishdi, deb xabar berdi News 12 telekanali.

60 santimetrli haykal gipsdan tayyorlangan bo‘lib, turgan joyidan tushib parchalanib ketgan. Haykalning old qismi yodgorlikning asosidan, orqa qismi tepalikning yuqori qismidan topilgan.

Politsiya komissari Charlz Gardnerning so‘zlariga ko‘ra, haykalni bolalar buzgan bo‘lishi mumkin. Shunga qaramay batafsil tergov o‘tkazilishi rejalashtirilmoqda.

Kolumbning bronzadan ishlangan dastlabki haykali 12 yil oldin o‘g‘irlab ketilgan edi.

So‘nggi haftalarda AQShdagi bir qator ijtimoiy guruhlar fuqarolik urushi davrida janubiy shtatlar Konfederatsiyasi rahnamolariga o‘rnatilgan yodgorliklarni buzib tashlash uchun kurashmoqda. Eng katta qarama-qarshilik Virjiniya shtatining Sharlotsvill shahrida ro‘y berdi. General Robert Liga o‘rnatilgan monumentni buzib tashlashga qarshi o‘tkazilgan norozilik namoyishida tartibsizlik yuzaga kelgan va oqibatda 15 kishi jabrlangan.

Kolumb xotirasini abadiylashtirishga qarshi bo‘lganlarning fikricha, Amerikaning kashf qilinishi mahalliy aholining yo‘q bo‘lib ketishiga, shuningdek, millionlab afrikaliklar jabr chekayotgan odam savdosining rivojlanishiga olib kelgan.

“Daryo”ning Telegram’dagi rasmiy kanali — @toshqindaryo’ga a’zo bo‘ling!

Опубликовано: admin (31-08-2017, 17:57)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Что нужно улучшить на нашем сайте?

КТО НА САЙТЕ?
( 60) ( 0) ( 58) ( 2)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют