» » “Jarohat olmasa, Babayan bu gol-urmasni almashtirmasdi”. Igor Sergeyev — Xitoyga qarshi o‘yin antiqahramonlaridan biri

“Jarohat olmasa, Babayan bu gol-urmasni almashtirmasdi”. Igor Sergeyev — Xitoyga qarshi o‘yin antiqahramonlaridan biri


31-avgust kuni JCh—2018 saralashi doirasida Xitoy mehmoni bo‘lgan O‘zbekiston milliy terma jamoasi o‘yinda gol urish uchun haqiqatan-da ko‘plab imkoniyatlarga ega bo‘ldi.

Mavzuga doir: “Babayanning faoliyatidagi yagona to‘g‘ri qarori”. Ignatiy Nesterov — mag‘lubiyat bilan tugagan o‘yindagi qahramon

Ana shunday imkoniyatlarning eng qulayi — birinchi taymda deyarli ko‘zga tashlanmagan, lekin Babayan tomonidan milliy terma jamoaning barcha uchrashuvlarida asosiy tarkibga qo‘yiladigan Igor Sergeyevda bo‘ldi.

Xitoy chempionatidagi yarim yillik faoliyati davomida Xitoy klublari darvozasiga atigi bir marta gol ura bilgan “Paxtakor” hujumchisining Xitoy milliy terma jamoasi darvozasi oldida qanday vaziyatni yo‘qqa chiqarganini faqat tomosha qilish kerak — uchrashuvni “Sport” telekanali orqali sharhlab borgan taniqli sharhlovchi Xayrulla Hamidov ta’biri bilan aytganda, “bunday vaziyatda gol ura olmaslik uchun ham mashg‘ulot o‘tkazish kerak”:

Mavzuga doir: Videogalereya: Xitoy — O‘zbekiston o‘yinidan olingan esda qolarli vaziyatlar

Igor Sergeyev futbol muxlislari tomonidan tinimsiz tanqid qilinadigan hujumchilardan biridir. U na o‘z klubi safida, na milliy terma jamoada o‘zining golurarligi bilan ajralib turadi, shunga qaramay, milliy terma jamoa bosh murabbiyi Samvel Babayan tomonidan muntazam ravishda asosiy tarkibga qo‘yiladi.

Xitoyga qarshi o‘yinda terma jamoa hujumlari o‘tkirlashgani bilan, o‘tkir hujumchining yo‘qligi sezilib qolgan pallada ham, Babayan sevimli hujumchisini almashtirish haqida o‘ylamadi — toki Sergeyevning o‘zi jarohat olmagunicha.

Mavzuga doir: So‘rovnoma: Xitoydan uchralgan mag‘lubiyatdan keyin qanday fikrdasiz?

Bu holatlarning bari futbol muxlislari tomonidan diqqat bilan kuzatib borildi, jamoatchilik o‘zining “shafqatsiz fikrlari”ni ijtimoiy tarmoqlarda e’lon qilib bordi.

Kimdir Sergeevni ko'rdimi? #GoUzb

— Nurmuhammad (@NCKonline) August 31, 2017

Буна?а вазиятдан гол ура олмаслик учун Сергеев бўлиши керак

— ™ (@murodov_) August 31, 2017

Бундай вазиятдан гол уролмаслик учун нафа?ат Сергеев бўлиш керак, шу билан бирга Бабаян ?ўл остида шу?улланган бўлиш ?ам керак

— Bek_Sohib (@Bek_Sohib) August 31, 2017

Сергеев пустойга гол ура олмаганида уни олиб ?олмаган хитойликлар кулиб ?ўйишди манимча

— Bemalolxo'ja (@xotirijam) August 31, 2017

"Сергеевни тушунмайсиз, у майдонда кўп иш бажаради, ортга ?айтиб ўйнийди" дейди Бабаян.
А голни ким уради о?зингга пишган бодринг киргур???

— ™ (@murodov_) August 31, 2017

Agar Sergeyev futbolchi bo‘lsa, unda men Ronaldu. Babayan esa murabbiy! #GoUzb

— Rico (@_ishonuvchan) August 31, 2017

Sergeyev jaroxat oldi. Qando yaxshi

— Abdurahim (@unaqamasde) August 31, 2017

Sergeyev odamgarchilik sifatida tuzalib ket. Futbolni esa yig‘ishtir #GoUzb

— Rico (@_ishonuvchan) August 31, 2017

Сергеев ўрнига ?айдаров тушди. Майдонда ?ужумчи йў? эди, энди ?ар ?алай футболчи бор

— Bemalolxo'ja (@xotirijam) August 31, 2017

Жарохат чи?армасаям Бабаян чи?армас эди буни))

— Ма?муджон Рустамов (@uzboboy) August 31, 2017

Mavzuga doir:
— Odil Ahmedov: Yo Koreyani yutishimiz yoki futbol o‘ynashni yig‘ishtirib qo‘yishimiz kerak
— Fotogalereya: Marchello Lippi shogirdlari Samvel Babayan jamoasini mag‘lub etgani haqida

“Daryo” yangiliklarini “Odnoklassniki”da kuzatib boring

Опубликовано: admin (31-08-2017, 20:12)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Сколько времени в день вы проводите в социальных сетях?

КТО НА САЙТЕ?
( 57) ( 0) ( 56) ( 1)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют