» » “Ijtimoiy fikr”: O‘zbekistonliklarning 97,9 foizi o‘zini qonun himoyasida deb biladi

“Ijtimoiy fikr”: O‘zbekistonliklarning 97,9 foizi o‘zini qonun himoyasida deb biladi


“Ijtimoiy fikr” jamoatchilik fikrini o‘rganish markazi mutaxassislari mingdan ortiq respondent o‘rtasida o‘tkazgan galdagi so‘rov fuqarolarning mamlakatda kechayotgan o‘zgarishlarga munosabati hamda ayni chog‘dagi kayfiyati bilan yaqindan tanishish imkonini berdi. Tadqiqot natijalari “Daryo”ga “Ijtimoiy fikr” markazi tomonidan taqdim etildi.

So‘rov natijalari fuqarolarning 94 foizi ushbu bayramni ko‘tarinki kayfiyatda, faxr va iftixor tuyg‘usi bilan kutib ­olayotganini tasdiqladi.

E’tiborlisi, xalq orasida yurt ravnaqiga daxldorlik, shu­ningdek, mas’uliyat tuyg‘usi ­sezilarli ravishda o‘sdi. Buni respondentlarning 80,4 foizi qayd etdi.

Aytish joizki, mutlaq ko‘pchilikning fikricha, mas’uliyat tuyg‘usi har bir ishga vijdonan yondashish, mamlakat ijtimoiy-iqtisodiy hayotida faol ishtirok etish, ona vatanga hamisha xizmat qilishga tayyor bo‘lish hamda qonunlarga bo‘lgan hurmatida o‘zining amaliy ifodasini topadi.

Qatnashchilarning 86,8 foizi o‘tgan yigirma olti yil mobaynida fuqarolarda vatanparvarlik darajasi o‘sdi, deb hisoblaydi.

So‘rovda ishtirok etganlarning mutlaq katta qismi — 97,3 foizi mamlakatda tinchlik va xavfsizlikni saqlash, ijtimoiy-­siyosiy, millatlararo, dinlar­aro va harbiy ixtilof hamda ziddiyatlarning yo‘qligi, osuda hayot mustaqillikning bosh yutug‘i hisoblanishini ta’kidladi.

97,9 foiz respondent o‘zini qonun himoyasida deb biladi. Barcha yoshdagi fuqarolar shaxsiy xavfsizligi ta’minlanganidan, ko‘cha-ko‘yda, jamoat joylarida ilg‘or texnologiyalarni, videokuzatuv tizimini joriy qilish orqali osoyishtalikni, tartibotni ta’minlash choralari ko‘rilayotganidan qoniqadi.

84,4 foiz qatnashchilar fikricha, jamiyatda qonun ustuvorligi tamoyilining mustahkamlangani g‘oyatda muhim ahamiyat kasb etadi. Inson huquq va erkinliklarini ta’minlash darajasi ham e’tirofga loyiq. Xalq bilan muloqotning yangi tizimi shakllangani natijasida turli sohalardagi dolzarb muammolar ijti­moiy adolat va qonun talablariga muvofiq hal qilinishiga odamlarda ishonch hissi ortgan.

“Daryo”ning YouTube’dagi rasmiy sahifasiga obuna bo‘ling

Опубликовано: admin (31-08-2017, 20:57)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Сколько времени в день вы проводите в социальных сетях?

КТО НА САЙТЕ?
( 24) ( 0) ( 24) ( 0)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
- отсутствуют
Последние 20 посетителей... - отсутствуют