» » O‘zbekistonliklarning qariyb 91 foizi oilalarning ajrashishiga salbiy munosabatda

O‘zbekistonliklarning qariyb 91 foizi oilalarning ajrashishiga salbiy munosabatda


“Ijtimoiy fikr” jamoatchilik fikrini o‘rganish markazi oila va nikoh, farzand tarbiyasi, fuqarolarning ijtimoiy maqsad va intilishlariga bag‘ishlangan so‘rov o‘tkazdi, deya xabar bermoqda O‘zA.

Qayd etishlaricha, so‘rovda O‘zbekistonning barcha hududlaridan turli aholi qatlamlari vakillari ishtirok etgan. So‘rovnomada ishtirok etgan respondentlar soni haqida batafsil axborot berilmagan.

“O‘tkazilgan monitoring aholining katta qismi (90,7 foizi) oilalarning ajralishiga salbiy munosabatda ekanini ko‘rsatdi”, — deyiladi O‘zA axborotida.

Mavzuga doir: O‘zbekistonliklarning 99,4 foizi “ota-ona roziligi bo‘lajak oilaning baxtli bo‘lishida muhim ahamiyatga ega” deb hisoblaydi

Fuqarolar oila buzilishiga asosan yoshlarning oilaviy hayotga tayyor emasligi, ularda hayotiy tajriba yetishmasligi, bir-biri bilan murosa qila bilmasligi, kelishmovchiliklarning oldi olinmayotgani, vaqtinchalik moddiy qiyinchiliklar, er-xotinning fe’l-avtori bir-biriga mos kelmasligi sabab bo‘layotganini qayd etgan.

Mavzuga doir: O‘zbekiston aholisi yigitlar 24—25 yoshda, qizlar esa 21—23 yoshda oila qurishi maqsadga muvofiq deb hisoblaydi

So‘rov ishtirokchilarining fikricha, “turmush qurayotgan yoshlarning muhabbati, bir-birini hurmat qilishi, ishonishi va qo‘llab-quvvatlashi, shuningdek, milliy an’ana, urf-odatlarimiz va odob-axloq normalariga rioya etishi baxtiyor va mustahkam oila tashkil topishida muhim omillar hisoblanadi”.

“Daryo”ning Telegram’dagi rasmiy kanali — @toshqindaryo’ga a’zo bo‘ling!

Опубликовано: admin (25-04-2017, 23:13)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Кто вы по знаку зодиака?

КТО НА САЙТЕ?
( 87) ( 0) ( 86) ( 1)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют