» » Hasanboy Do‘stmatov va Iqbol Xoldorov Jahon Chempionati finalida jang qiladi

Hasanboy Do‘stmatov va Iqbol Xoldorov Jahon Chempionati finalida jang qiladi


Rio—2016 Olimpiadasi chempioni Hasanboy Do‘stmatov Germaniyaning Gamburg shahrida davom etayotgan Jahon Chempionatida ham finalga qadar yetib keldi.

Yarim finalda uning raqibi kolumbiyalik Martines Yuberjen edi. Tajribali o‘zbekistonlik bokschi jang davomida unga hech qanday imkoniyat qoldirmadi va 5:0 hisobida muvaffaqiyat qozondi.

Hasanboyning finaldagi raqibi kubalik Yoannis Argilagos bo‘ladi. Mazkur ikki sportchi WSB tasnifida jang qilgan bo‘lib, Samarqanddagi amfiteatrda Hasanboy kubalikni taslim qilishga muvaffaq bo‘lgandi, deb yozdi “Olamsport” nashri.

Jahon Chempionatining finaliga, shuningdek, Iqbol Xoldorov ham yo‘l oldi. Yarim finalda u amerikalik Fredus Rohasni taslim qilishga erishdi — 4:1.

Yarim finalchilardan hozircha faqatgina Sanjar Tursunov imkoniyatni boy berdi. -91 kilogramm vazn toiafsida Rio Olimpiadasi chempioni hisoblangan rossiyalik Yevgeniy Tishenko Tursunovga imkoniyat qoldirmadi va 5:0 hisobida zafar quchdi.

Shu tariqa 19 yoshli o‘zbekistonlik bokschi Jahon Chempionatini bronza bilan yakunladi. U Toshkentda o‘tgan Osiyo Chempionatining chorak finalida yengilib, medalsiz qolgan yagona o‘zbekistonlik bokschi bo‘lgan, shunga qaramay keyinroq JCh chiptasini qo‘lga kiritgandi.

Yevgeniy Tishenkoning vazn toifasida Rioda O‘zbekiston sharafini Rustam To‘laganov himoya qilgan bo‘lib, u ham bronzaga ravo ko‘rilgandi. Endilikda To‘laganov professional boksda o‘z omadini sinab ko‘rishga qaror qilgan.

“Daryo”ning Telegram’dagi rasmiy kanali — @toshqindaryo’ga a’zo bo‘ling!

Опубликовано: admin (1-09-2017, 05:42)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Понравился ли Вам наш сайт?

КТО НА САЙТЕ?
( 30) ( 0) ( 28) ( 2)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют