» » Facebook’da Mark Sukerberg va uning rafiqasidan boshqa hammani bloklash mumkin

Facebook’da Mark Sukerberg va uning rafiqasidan boshqa hammani bloklash mumkin


Facebook foydalanuvchllari xohlagan akkauntini bloklashi va uning postlarini o‘z tasmasida ko‘rmasligi mumkin. Biroq bu ishni Facebook asoschisi Mark Sukerberg va uning rafiqasi Pristsilla Channing akkauntiga nisbatan qo‘llab bo‘lmaydi. Agar ularning sahifalarini bloklashga harakat qilinsa, “Hozir bu profilni bloklab bo‘lmaydi”, degan xabar paydo bo‘ladi. Bu haqda Meduza xabar berdi.

Qilinishi mumkin bo‘lgan yagona ish — Sukerberg va Channing sahifasiga obunani bekor qilish. Bu holatda agar obunani bekor qilgan foydalanuvchining do‘stlari Sukerberg yoki Channing postlariga layk qo‘ysa, bu postlar baribir ko‘rinishi mumkin. Boshqa mashhurlarning profillarni esa bloklash mumkin.

Facebook vakilining so‘zlariga ko‘ra, agar bir nechta foydalanuvchi bir vaqtning o‘zida bitta profilni bloklashga urinsa, xato haqida xabar chiqishi mumkin. “Boshqa so‘z bilan aytganda, kompaniyaning rasmiy pozitsiyasi shundaki, Sukerberg va Channing profillari ularni bloklamoqchi bo‘lgan foydalanuvchilarning so‘rovlari bilan to‘lib ketgan”, — deyiladi Quartz nashrining xabarida.

“Daryo” yangiliklarini Facebook’da kuzatib boring

Опубликовано: admin (1-09-2017, 20:12)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Кто вы по знаку зодиака?

КТО НА САЙТЕ?
( 94) ( 0) ( 93) ( 1)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют