» » Dengiz qunduzi basketbol o‘ynamoqda (video)

Dengiz qunduzi basketbol o‘ynamoqda (video)


AQShning Oregon shtatidagi hayvonot bog‘ida yashovchi Eddi laqabli qunduz 19 yoshda bo‘lib, u basketbol o‘ynashni biladi. Uning savatga to‘p tashlashi aks etgan video hayvonot bog‘ining YouTube’dagi kanaliga joylangan.

Eddi kichkinaligida Kaliforniya qirg‘oqlarida yakka holda topib olingan va Monteredagi okeanariumga yuborilgan. 2000-yilda u Oregondagi hayvonot bog‘iga olib kelingan.

2013-yilda hayvonda tirsak bo‘gimlari artriti aniqlangan. Veterinarlar unga fizoterapiya belgilangan.

Dengiz qunduzlari suzishda bu bo‘g‘imlarni faol ishlatmagani sababli, Eddining qarovchisi boshqa usul o‘ylab topgan — u qunduzga basketbol o‘ynashni o‘rgatishga qaror qilgan. Ayolning so‘zlariga ko‘ra, bu juda oson bo‘lgan, chunki hayvon allaqachon narsalarni olib kelishni bilgan. Eddi uloqtirilgan koptokni tutib olgan vaqtda ayol qo‘lini halqa ostida tutib turgan. Qunduz koptokni olib keliganda ayol qo‘lini tortin olgan va to‘p savatga tushgan.

Har safar qunduz muvaffaqiyatli to‘p tashlaganda, u shirinlik bilan siylangan. Mashq hayvonga foyda bergan.

Eddining basketbol o‘ynayotgani aks etgan birinchi video katta tezlikda tarqalgan. U hatto Milliy basketbol assotsiatsiyasi o‘yinlari vaqtida ham namoyish etilgan.

“Daryo” yangiliklarini “Odnoklassniki”da kuzatib boring

Опубликовано: admin (2-09-2017, 07:42)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Сколько времени в день вы проводите в социальных сетях?

КТО НА САЙТЕ?
( 94) ( 0) ( 92) ( 2)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют