» » AQShlik musiqachi miyasi operatsiya qilinayotgan vaqtda saksafon chalib turdi

AQShlik musiqachi miyasi operatsiya qilinayotgan vaqtda saksafon chalib turdi


AQShning Rochester tibbiy markazi neyrobiologlari musiqachi Den Fabbioning miyasida jarrohlik operatsiyasini o‘tkazdi. Operatsiya vaqtida musiqachi saksafon chalib turdi. Bu haqda Science Alert nashri ma’lum qildi.

Miyadagi shish tashxisi Fabbioga 25 yoshida qo‘yilgan. Bu shish miyaning musiqa asbobi chalish uchun muhim bo‘lgan qismida yuzaga kelgan. Shuning uchun shishni olib tashlash miyaning bu vazifasiga zarar yetkazishi va miyaning turli qismlari o‘rtasidagi aloqani buzishi mumkin bo‘lgan. Har bir bemorga alohida yondashilganligi sababli, shifokorlar oldindan Fabbioning kasbiy ko‘nikmalari uchun muhim bo‘lgan neyron qismlarining uch o‘lchamli xaritasini yaratdi.

Operatsiya jarayonida bemor o‘z hushida qoldirildi va u saksafon chalayotgan kabi ovoz chiqarib turdi. Bu mutaxassislarga musiqa ko‘nikmalariga javob beruvchi muhim qismlarni aniqlashga va ularga zarar yetkazishning oldini olishga yordam berdi. Operatsiya so‘ngida shishni ortiqcha oqibatlarsiz olib tashlanganiga ishonch hosil qilish uchun bemorga musiqa asbobining o‘zi berildi.

“Daryo” yangiliklarini Facebook’da kuzatib boring

Опубликовано: admin (2-09-2017, 09:57)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Сколько времени в день вы проводите в социальных сетях?

КТО НА САЙТЕ?
( 111) ( 0) ( 109) ( 2)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют