WWW.XIT.UZ » Yangiliklar » Avstraliyada 1910-yildan beri eng haroratli qish qayd etildi
Avstraliyada 1910-yildan beri eng haroratli qish qayd etildi
Avstraliyada 2017-yil qishi 100 yildan ortiq vaqt mobaynidagi eng haroratlisi bo‘ldi. Bu haqda mahalliy meteorologiya markazi ma’lum qildi, deya xabar beradi “Interfaks”.
Qishning 3 oyidagi o‘rtacha maksimal harorat 1910-yildan beri eng yuqori bo‘lgani qayd etildi. Harorat o‘rtacha 23,7 darajaga teng bo‘ldi, bu o‘tgan yillardagi ko‘rsatkichlardan 2 darajaga ko‘p.
Meteorologlarga ko‘ra, mamlakatda eng issiq qishki kun 24-avgustga to‘g‘ri keldi: shu kuni havo 39,6 darajagacha qizidi. Eng sovuq kun esa 27-avgustda qayd etildi va – 5,4 darajani tashkil etdi.
Ma’lumot uchun, Avstraliyada qish iyun, iyul va avgust oylariga to‘g‘ri keladi.
“Daryo”ning Telegram’dagi rasmiy kanali — @toshqindaryo’ga a’zo bo‘ling!
(голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!
Добавить комментарий!

Сколько времени в день вы проводите в социальных сетях?