» » Bugun 4 o‘zbekistonlik JCh finalida 4 nafar kubalik charm qo‘lqop ustasiga qarshi jang qiladi

Bugun 4 o‘zbekistonlik JCh finalida 4 nafar kubalik charm qo‘lqop ustasiga qarshi jang qiladi


Bugun — 2-sentabr kuni Germaniyaning Gamburg shahri mezbonlik qilayotgan boks bo‘yicha navbatdagi Jahon Chempionati bellashuvlari o‘z yakuniga yetadi.

Uning finaliga 4 nafar o‘zbekistonlik bokschi yetib keldi. Solishtirish uchun: 2 yil avval Qatarda o‘tgan Jahon Chempionatining finallarida o‘zbekistonliklar soni 3 nafarni tashkil qilgandi.

“Olamsport” nashrining ma’lumot berishicha, JCh finaliga eng ko‘p Kubadan bokschi yetib keldi — 7 nafar. O‘zbekiston bu borada ikkinchi ko‘rsatkich qayd etgan, qo‘shni Qozog‘istonning 3 nafar charm qo‘lqop ustasi oltin medallar uchun kurashni davom ettirmoqda.

Rio—2016 Olimpiadasida O‘zbekiston 3 ta oltin va 2 ta kumush bilan umumjamoa hisobida birinchi bo‘lgan, 3 ta oltini bor Kuba 2-o‘rindan joy olgandi. Qozog‘iston termasi 1 ta oltin bilan 4-pog‘onadan joy olgan. Kuchli uchlikni 2 ta oltin bilan Fransiya yakunlagandi.

Quyida finallarda jang qiladigan o‘zbekistonlik sportchilarning raqiblari va to‘qnashuvlarning taxminiy vaqti taqdim etilgan.

Boks bo‘yicha JCh bellashuvlarini o‘zbekistonliklar uchun UzReport telekanali namoyish etmoqda.

“Daryo”ning YouTube’dagi rasmiy sahifasiga obuna bo‘ling

Опубликовано: admin (2-09-2017, 13:57)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Сколько времени в день вы проводите в социальных сетях?

КТО НА САЙТЕ?
( 120) ( 0) ( 119) ( 1)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют