» » Obama o‘z xarajatlari uchun eng ko‘p pul oladigan sobiq prezidentga aylanadi

Obama o‘z xarajatlari uchun eng ko‘p pul oladigan sobiq prezidentga aylanadi


AQSh soliq to‘lovchilari 2018-yilda sobiq prezident Barak Obamaning sarf-xarajatlari uchun 1,15 million dollar to‘laydi. Bu haqda, The Washington Times’ga tayanib, “Korrespondent.net” xabar berdi.

Gazeta ma’lumotlariga ko‘ra, Obamaning xarajatlari uchun ungacha bo‘lgan prezidentlarga qaraganda ko‘proq mablag‘ sarflanadi.

Amerikaliklar katta Jorj Bushning xarajatlari uchun 942 ming dollar, Jimmi Karter uchun esa 456 ming dollar to‘lashadi.

Sobiq prezidentlarning sarf-xarajatlari 1950-yillarda qabul qilingan qonunga asosan qoplanadi va u taxminan o‘nlab million dollarni tashkil etadi.

Shu bilan birga, bu mablag‘ AQSh sobiq rahbarlarini qo‘riqlash uchun sarflanadigan xarajatlarni o‘z ichiga olmaydi. Prezidentlarning xavfsizligi ham bir necha million dollar evaziga ta’minlanadi.

“Daryo”ning YouTube’dagi rasmiy sahifasiga obuna bo‘ling

Опубликовано: admin (2-09-2017, 20:12)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Что нужно улучшить на нашем сайте?

КТО НА САЙТЕ?
( 94) ( 0) ( 93) ( 1)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют