» » Rossiya Pxenyan termoyadro qurilmasi sinovini o‘tkazganidan tashvish bildirdi

Rossiya Pxenyan termoyadro qurilmasi sinovini o‘tkazganidan tashvish bildirdi


Rossiya tashqi ishlar vazirligi KXDR tomonidan 3-sentabr, yakshanba kuni “qit’alararo ballistik raketa uchun termoyadro portlovchi qurilmasi” sinovi o‘tkazilganidan chuqur tashvish bildirdi. Bu haqda “Gazeta.ru” xabar bermoqda.

“Pxenyan BMT Xavfsizlik kengashining tegishli rezolyutsiyalari va xalqaro huquq me’yorlarini navbatdagi ravishda namoyishkorona pisand etmasligi eng keskin qoralashga loyiq”, — deyiladi vazirlik bayonotida.

Rossiya TIVga ko‘ra, Shimoliy Koreya rasmiylari o‘z harakatlari bilan Koreya yarim oroli va mintaqada tinchlik-barqarorlikka jiddiy xavf tug‘dirmoqda.

Eslatib o‘tamiz, oldinroq KXDR televideniyesi mamlakatda qit’alararo ballistik raketa uchun vodorod bombasi kallagi muvaffaqiyatli sinovdan o‘tkazilganini ma’lum qilgandi.

“Daryo” yangiliklarini “Odnoklassniki”da kuzatib boring

Опубликовано: admin (3-09-2017, 19:57)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Сколько времени в день вы проводите в социальных сетях?

КТО НА САЙТЕ?
( 82) ( 0) ( 81) ( 1)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют