» » Minglab amerikalik harbiy xizmatchilarning shaxsiy ma’lumotlari internetda tarqalib ketdi

Minglab amerikalik harbiy xizmatchilarning shaxsiy ma’lumotlari internetda tarqalib ketdi


AQShning minglab harbiy xizmatchilarining shaxsiy ma’lumotlari saqlanadigan minglab fayllar internetda tarqalib ketdi. Bu haqda, The Hill nashriga asoslanib, “RBK” xabar bermoqda.

Voqea Amazon bulutli servisi noto‘g‘ri sozlanishi oqibatida kelib chiqdi. Buning oqibatida harbiy xizmatchilar, razvedka xodimlari, politsiya hamda BMTning Yaqin Sharqdagi ishchilari haqidagi ma’lumotlar tarqalib ketdi. Shaxsiy ma’lumotlar orasida uy manzillari, qo‘l telefonlari raqamlari hamda elektron pochta manzillari bor.

Upguard firmasi xavfsizlik masalalari mutaxassisi Kris Vikerining so‘zlariga qaraganda, ma’lumotlar TigerSwan xususiy qo‘riqlash kompaniyasining 2009–2017-yillarga oid hujjatlarida saqlanar edi. Tilga olingan xizmatchilar ushbu firmaga ishga joylashish uchun topshirgan hujjatlarida shaxsiy ma’lumotlar ham bor edi.

“Daryo”ning YouTube’dagi rasmiy sahifasiga obuna bo‘ling

Опубликовано: admin (3-09-2017, 22:12)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Понравился ли Вам наш сайт?

КТО НА САЙТЕ?
( 74) ( 0) ( 72) ( 2)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют