» » Gonkongda 4 millionga yaqin saylovchining ma’lumotlari o‘g‘irlab ketildi

Gonkongda 4 millionga yaqin saylovchining ma’lumotlari o‘g‘irlab ketildi


Gonkongda XXRning mazkur maxsus ma’muriy hududida ro‘yxatdan o‘tgan barcha 3,7 million saylovchi haqidagi ma’lumotlar saqlangan ikki noutbuk o‘g‘irlab ketildi. Bu haqda 28-mart, seshanba kuni South China Morning Post gazetasi ma’lum qildi, deb yozadi “Korrespondent.net”.

Noutbuklar saylov komissiyasi ofisidan o‘g‘irlab ketilgani taxmin qilinmoqda.

Noutbuk tashuvchilarida saylovchilar kollegiyasiga kiruvchi 1,1 ming kishi haqidagi ma’lumot ham saqlangan. Saylovchilar haqidagi ma’lumotlar ularning shaxsini tasdiqlovchi guvohnomalar, manzillari va mobil telefonlari raqamlarini o‘z ichiga olishi mumkinligi ta’kidlanmoqda.

Saylov komissiyasi noutbuklardagi ma’lumotlar shifrlanganligini ma’lum qildi.

Опубликовано: admin (28-03-2017, 12:13)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Сколько времени в день вы проводите в социальных сетях?

КТО НА САЙТЕ?
( 101) ( 0) ( 100) ( 1)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют