» » Xitoyning Syamen shahrida BRIKS sammiti o‘z ishini boshladi

Xitoyning Syamen shahrida BRIKS sammiti o‘z ishini boshladi


Xitoy janubidagi Syamen shahrida BRIKS davlatlari sammiti o‘z ishini boshladi. Bu haqda “RIA Novosti” xabar bermoqda.

Xitoy rahbari Si Szinpin davlat yetakchilarini Syamen xalqaro anjumanlar markazida kutib oldi va bu yerda milliy bayroqlar fonida birgalikda suratga tushildi.

Shundan so‘ng Si Szinpin, Vladimir Putin (Rossiya), Mishel Temer (Braziliya), Narendra Modi (Hindiston) va Jeykob Zuma (JAR) jahon iqtisodiyoti, global boshqaruv, xalqaro va mintaqaviy mojarolarni muhokama qildi.

Bu yil tuzilmada raislik qiluvchi Xitoy mazkur sammitning asosiy yo‘nalishlari sifatida tinchlik-barqarorlikni ta’minlash maqsadida o‘zaro manfaatli va keng qamrovli sheriklikni kuchaytirish va global boshqaruv tizimini yaxshilashni belgilab oldi.

5-sentabr kuni nihoyasiga yetadigan sammit yakunlari bo‘yicha qo‘shma Syamen deklaratsiyasi imzolanishi kutilmoqda.

“Daryo” yangiliklarini Facebook’da kuzatib boring

Опубликовано: admin (4-09-2017, 12:42)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Понравился ли Вам наш сайт?

КТО НА САЙТЕ?
( 80) ( 0) ( 78) ( 2)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют