» » Shavkat Mirziyoyevning Qirg‘izistonga tashrifi davomida o‘zbek-qirg‘iz chegarasi bo‘yicha shartnoma imzolanadi

Shavkat Mirziyoyevning Qirg‘izistonga tashrifi davomida o‘zbek-qirg‘iz chegarasi bo‘yicha shartnoma imzolanadi


O‘zbekiston Prezidenti Shavkat Mirziyoyevning Qirg‘izistonga tashrifi davomida o‘zbek-qirg‘iz chegarasi delimitatsiyasi bo‘yicha shartnoma imzolanadi. Bu haqda Qirg‘iziston prezidenti apparati tashqi siyosat bo‘limi mudiri Oyzoda Subakojoyeva ma’lum qildi, deya xabar beradi K-News.

“Tashrif davomida vazirlik va muassasalararo hujjatlar imzolanadi, qo‘shma bayonot qabul qilinadi.  Bayonotda kelgusidagi hamkorlik yo‘nalishlari va aniq rejalari belgilab beriladi. Tashrifning muhim hujjati qirg‘iz-o‘zbek chegarasi haqidagi shartnoma bo‘ladi. Prezidentlarning o‘tgan yilgi uchrashuvida bu jarayonni jadallashtirish yuzasidan ko‘rsatma berilgandi. O‘shandan beri 16 ta uchrashuv o‘tkazildi, natijada umumiy chegaraning 1170 kilometri qayddan o‘tkazildi, 280 kilometri qolmoqda. Bu chegaraning 80 foizdan oshig‘ini tashkil etadi”, — dedi Subakojoyeva. 

Oyzoda Subakojoyeva hujjat loyihasi Jogorku Kenesh qo‘mitalari tomonidan ma’qullangani va imzolashga tayyorligini bildirdi. 

Ma’lumot uchun, O‘zbekiston Prezidentining Qirg‘izistonga tashrifi oxirgi bor 2000-yilda amalga oshirilgandi. 

“Daryo” yangiliklarini “Odnoklassniki”da kuzatib boring

Опубликовано: admin (4-09-2017, 17:27)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Кто вы по знаку зодиака?

КТО НА САЙТЕ?
( 79) ( 0) ( 78) ( 1)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют