» » Texasda “Xarvi” to‘foni oqibatida halok bo‘lganlar soni 60 kishiga yetdi

Texasda “Xarvi” to‘foni oqibatida halok bo‘lganlar soni 60 kishiga yetdi


“Xarvi” to‘foni oqibatida halok bo‘lgan Texas shtati fuqarolari soni 60 kishiga yetdi. Bu haqda “TASS” xabar bermoqda.

Oldinroq tabiiy ofat qurbonlari soni 47 kishini tashkil etgani bildirilgandi.

Qurbonlarning eng ko‘pi (30 kishi) Xyuston shahri va uning atrofiga to‘g‘ri kelmoqda. Aholi nufusi bo‘yicha AQShda to‘rtinchi o‘rinda turadigan mazkur shahar meri Silvestr Ternerga ko‘ra, ko‘chalarni chiqindilar va uyumlardan tozalashning o‘ziga 100 million dollargacha talab etiladi.

Shtat gubernatori Gregg Ebbot esa Texasda to‘fondan keyingi tiklash ishlari uchun talab etiladigan mablag‘ 180 milliard dollarni tashkil etishi mumkinligini ma’lum qildi. Prezident Donald Tramp buning uchun Kongressdan 7,85 milliard dollar so‘ragandi.

“Daryo”ning Telegram’dagi rasmiy kanali — @toshqindaryo’ga a’zo bo‘ling!

Опубликовано: admin (5-09-2017, 12:27)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Понравился ли Вам наш сайт?

КТО НА САЙТЕ?
( 66) ( 0) ( 65) ( 1)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют