» » Buyuk Britaniya qirollik oilasi merosxo‘rlarining dunyoga kelishidan qancha daromad ko‘radi?

Buyuk Britaniya qirollik oilasi merosxo‘rlarining dunyoga kelishidan qancha daromad ko‘radi?


Shahzoda Uilyam hamda Kembrij gersoginiyasi Keyt o‘zlarining uchinchi farzandini dunyoga kelishini kutmoqda. Avvalgi ikki nafar merosxo‘rlarning tug‘ilishi natijasida Britaniyada 489 million dollarlik suvenirlar sotilgan, deb xabar berdi “RBK”.

Qirollik oilasida merosxo‘rlarning tug‘ilishi suvenirlar, bolalar kiyimlari sotuvchilari, bukmekerlar, mehmonxona xo‘jayinlari, kafelar va boshqa ko‘plab tadbirkorlar uchun yaxshigina daromad manbai hisoblanadi.

2013-yilda shahzoda Jorjning tug‘ilishi Britaniya poyataxtiga 29,1 million odamni jalb qildi. Oradan ikki yil o‘tgach, malika Sharlottaning tug‘ilgan kunini esa Londonda 32 million turist nishonladi.

The Independent nashrining ma’lumotlariga ko‘ra, Sharlotta Yelizaveta Diananing ismini taxmin orqali topgan insonlar bukmekerlik kontoralaridan bir million funtga yaqin mukofot olgan. Britaniyaliklar merosxo‘r tug‘ilgach, uning cho‘qintirgan otasi kim bo‘lishini ham taxmin qila boshlashadi.

Merosxo‘rning ismi ommaga oshkor qilinishi bilan ko‘plab do‘kon peshtaxtalarida chaqaloqning ismi tushirilgan futbolkalar, o‘yinchoqlar, suvenirlar paydo bo‘ladi.

Malika Sharlotta tug‘ilgach, Hurt & Son korxonasining junli matolarini sotilishi 149 foizga ortgan. Bolakaylarning tug‘ilishidan Keyt Middltonning ota-onasi — Kerol va Maykl ham foyda ko‘rishadi. Ularga bolalar bayrami uchun barcha narsalar bilan savdo qiladigan Party Pieces onlayn -do‘koni tegishli.

Iqtisodchilarning bashorat qilishicha, malika Sharlotta Britaniya iqtisodiga akasi Jorjdan ko‘ra ko‘proq foyda keltirishi kutilmoqda — yiliga 150 million funt. Indiana universitetining marketing bo‘yicha eksperti Toni Uilyams Bredfordning The Daily News’ga ma’lum qilishicha, malikaning tug‘ilishi “birinchi navbatda moda sanoatiga” ta’sir ko‘rsatadi. Sharlotta tug‘ilganining dastlabki ikki kunida turli suvenirlar savdosi natijasida 80 million funt foyda ko‘rilgan, ushbu raqamlar qizaloq 10 yoshga to‘lguniga qadar 1 milliard funtga yetishi kutilmoqda.

“Daryo” yangiliklarini Facebook’da kuzatib boring

Опубликовано: admin (5-09-2017, 16:12)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Кто вы по знаку зодиака?

КТО НА САЙТЕ?
( 48) ( 0) ( 47) ( 1)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют