» » Britaniyalik juftlik 14 oy davomida Janubiy Amerika bo‘ylab yalangoyoq yugurdi

Britaniyalik juftlik 14 oy davomida Janubiy Amerika bo‘ylab yalangoyoq yugurdi


Britaniyalik juftlik Janubiy Amerika bo‘ylab yugurish ekspeditsiyasini tashkil qildi va bu sayohatga 14 oy ketdi. Katarina va Devid Lourining bu sarguzashtiga Daily Mail gazetasi e’tibor qaratdi.

Juftlik marafonni 2013-yilning oktabr oyida boshlagan va uni 2014-yilning dekabr oyida yakunlagan. Ular qariyb 10,5 ming kilometrni bosib o‘tgan. Masofaning katta qismida ular oyoqyalang harakat qilgan.

Marafonchilar Janubiy Amerikaning eng janubiy nuqtasidan start olgan. Yo‘lda ular Argentina, Boliviya va Braziliyadan o‘tgan. Lourilar sayohatni materikning shimolida, Venesuelaning Karupano shahrida yakunlagan.

Katarinaning aytishicha, mahalliy aholi ularga doimiy ravishda ekspeditsiyani to‘xtatish, aks holda ularni yaguarlar yeb qo‘yishi yoki terrorchilar otib tashlashi haqida gapirgan. Sayohatning boshida ular jismonan kuchsiz bo‘lganligi sababli bir kunda 32 kilometr masofa bosib o‘tgan.

Lourilar bu ekspeditsiyani Janubiy Amerkadagi tabiat muhofazasi masalasiga e’tibor tortish va bu muammo bilan shug‘ullanuvchi jamoat tashkilotlari uchun pul yig‘ish maqsadida uyushtirgan.

“Daryo” yangiliklarini “Odnoklassniki”da kuzatib boring

Опубликовано: admin (6-09-2017, 07:27)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Сколько времени в день вы проводите в социальных сетях?

КТО НА САЙТЕ?
( 75) ( 0) ( 73) ( 2)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют