» » Video: Samvel Babayan matbuot anjumanini qanday tark etdi?

Video: Samvel Babayan matbuot anjumanini qanday tark etdi?


Futbol bo‘yicha O‘zbekiston milliy terma jamoasi 5-sentabr kuni Toshkentda Janubiy Koreya bilan 0:0 hisobida durang o‘ynadi. Janubiy Koreya JCh—2018 yo‘llanmasini qo‘lga kiritdi, O‘zbekiston esa kurashdan chiqdi.

O‘yindan keyingi matbuot anjumanida milliy terma bosh murabbiyi Samvel Babayan qisqacha kirish so‘zi qilib, jurnalistlarning savollariga javob bermay, tadbirni tark etgan.

Mavzuga doir: “Pozor, pozor!”. Samvel Babayan jurnalistlarning savollariga javob bermay, matbuot anjumanini tark etdi

Xabar berishlaricha, jurnalistlar murabbiyni “Sharmanda!”, deb kuzatib qo‘ygan.

Bugungi o‘yin JCh—2018 ga chiqishimiz uchun so‘nggi imkoniyat edi. Yo‘llanma uchun kurashni davom ettirishimiz uchun bizga bugungidek duranglardan ikkita, balki uchta yetmadi. Ikki yil davomida qo‘limdan kelganini qildim, futbolni tushunganimcha, vijdonim yo‘l qo‘yganicha ishladim. Afsuski, buning o‘zi kamlik qildi.

Milliy termaning keyingi bosh murabbiyi mendan ko‘ra ko‘proq harakat qilishini xohlayman. O‘tgan davr mobaynida tarkibga bir guruh yosh futbolchilar jalb etildi. O‘ylaymanki, O‘zbekiston boshqa sharoitlarda, boshqa murabbiy bilan jahon chempionatiga chiqish imkoniga ega bo‘ladi. Ehtimol, tarkibga yana boshqa yosh futbolchilar ham qo‘shilar.

Bizga nima yetishmadi? Hozir bu haqda gapirishga tayyor emasman. Ma’lum bir fikrlar bor, mag‘lubiyatga uchragan o‘yinlarimizda bizga nima yetishmagani haqida vaqti kelsa so‘zlarman. Lekin, ishonch bilan aytishim mumkinki, bu yerda faqat jamoa yoki murabbiylarning g‘oyalari, kamchiliklari aybdor emas, masalaga yanada chuqurroq yondashish, nima uchun Suriya bilan, Xitoy bilan, safarda Koreya bilan kamida durang o‘ynay olmaganimiz haqida o‘ylab ko‘rish kerak.

Hozir gapirish, qandaydir savollarga javob berishdan ma’no yo‘q. Men tayyor emasman. Vaqti kelib, barcha savollarga javob berarman. Meni kechiringlar. Rahmat.

Samvel Babayan, O‘zbekiston milliy terma jamoasi bosh murabbiyi

Samvel Babayan matbuot anjumanidan chiqib ketgan bo‘lsa, milliy terma jamoa futbolchilari va murabbiylar shtabi mikst-zonadan o‘tmadi. Bu holat ham jurnalistlarning qat’iy noroziligiga sabab bo‘ldi.

Mavzuga doir: O‘zbekiston milliy termasi futbolchilari jurnalistlar oldiga chiqmadi. Ular stadionni “orqa eshik”dan tark etgan

“Daryo”ning Telegram’dagi rasmiy kanali — @toshqindaryo’ga a’zo bo‘ling!

Опубликовано: admin (6-09-2017, 13:12)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Понравился ли Вам наш сайт?

КТО НА САЙТЕ?
( 50) ( 0) ( 48) ( 2)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют