» » Texaslik ayol kishanlardan qutuldi va politsiya jipini olib qochdi (video)

Texaslik ayol kishanlardan qutuldi va politsiya jipini olib qochdi (video)


AQShning Texas shtatidagi Lafkin shahri politsiyasi do‘kondan mahsulotlar o‘g‘irlashda gumonlanayotgan ayol qanday qilib yo‘ltanlamasni olib qochib ketgani haqidagi videoni e’lon qildi. Huquqni muhofaza qiluvchi idoralar tartibbuzar ayolni 23 daqiqa ta’qib qilgan. Bu haqda TJournal xabar berdi.

33 yoshli Tosha Fey Sponsler kosmetika va parfyumeriya do‘konidan mahsulotlarni o‘g‘irlashda gumonlanib, qo‘lga olingan. Politsiyachilardan biri ayolning qo‘liga kishan taqqan va uni politsiya jipining orqa o‘rindig‘iga o‘tirtirib, xavfsizlik kamarini taqib qo‘ygan.

Sponsler politsiyachilarning yo‘qligidan foydalanib, haydovchining o‘rindig‘iga o‘tgan. Shundan so‘ng avtomobilni yoqib, qochib ketishga uringan.

Soatiga 100 kilometr tezlikdagi 23 daqiqalik ta’qibdan so‘ng ayol boshqaruvni yo‘qotib, yo‘l chetiga chiqib ketgan. Shundan so‘ng u qo‘lga olingan. Unga og‘ir jinoyatlar bo‘yicha beshta ayblov e’lon qilingan.

“Daryo”ning YouTube’dagi rasmiy sahifasiga obuna bo‘ling

Опубликовано: admin (7-09-2017, 05:57)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Кто вы по знаку зодиака?

КТО НА САЙТЕ?
( 65) ( 0) ( 63) ( 2)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют