» » Qovunli niqoblar: teri va sochlarni parvarishlaymiz

Qovunli niqoblar: teri va sochlarni parvarishlaymiz


Qovun kosmetologiyada ajinlar paydo bo‘lishining oldini oladi, terini silliq qiladi va yumshatadi, terining yangilanishiga yordam beradi va toshmalarni davolaydi, teri pigmentatsiyasiga qarshi kurashadi, terini taranglashtiradi va namlaydi.

Qovun soch ildizlarini mustahkamlaydi va ularning tuzilishini qayta tiklaydi.

Quruq terini sut va mineral suv qo‘shilgan qovun sharbati bilan artish mumkin. Qovunning sharbatini siqing, unga bir osh qoshiq sut va mineral suv qo‘shing. Aralashmaga paxta bo‘lagini botiring va yuzingizni arting. 15 daqiqadan so‘ng uni iliq suvda yuving.

Yog‘li va normal terilar uchun bir osh qoshiqdan asal va qaymoq qo‘shilgan qovun etidan qilingan niqob juda mos keladi. Masalliqlarni pasta holiga kelguncha aralashtiring, niqobni 15-20 daqiqaga yuzingizga suring, keyin esa uni iliq suv bilan yuving. Qovun sharbati ichiga asal va qaymoqning o‘rniga tuxum sarig‘ini ham qo‘shsangiz bo‘ladi. Bu niqob hamma turdagi terilar uchun mos keladi.

Pigment dog‘larini qovun sharbati va limon yordamida ham oqartirish mumkin. Har bir mahsulotdan bir osh qoshiqdan olib aralashtiring va muammoli joylar terisiga bir kunda 2 marta qo‘ying.

Sochlarni qovun sharbatining o‘zi yoki uning asal, qaymoq, qatiq va o‘simlik yog‘lari bilan aralashmasi yordamida ham mustahkamlash mumkin.

Quruq sochlar uchun qovun sharbati, limon va kokos yoki chakamug‘ yog‘i aralashtirilgan niqob mos keladi. Ularning hammasidan 3-4 choy qoshiqdan olib aralashtiring va niqobni avval soch ildizlariga, keyin esa butun soch uzunligi bo‘ylab suring. 20 daqiqadan so‘ng sochlaringizni shampun va iliq suvda yuving.

Manba: “Lady.tochka.net”

“Daryo”ning YouTube’dagi rasmiy sahifasiga obuna bo‘ling

Опубликовано: admin (7-09-2017, 09:12)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Кто вы по знаку зодиака?

КТО НА САЙТЕ?
( 79) ( 0) ( 77) ( 2)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют