» » “Bu — DTM vakolatidagi masala”. Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi OTMlarga kirish test imtihonlaridagi “shubhali tasodiflar” yuzasidan chora ko‘rmaydi

“Bu — DTM vakolatidagi masala”. Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi OTMlarga kirish test imtihonlaridagi “shubhali tasodiflar” yuzasidan chora ko‘rmaydi


O‘zbekiston Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi mamlakatning bir qator yetakchi oliy ta’lim muassasalariga kirish test imtihonlari vaqtida ro‘y bergan “shubhali tasodiflar” — tanlangan abituriyentlarni o‘qishga kiritish bo‘yicha “maxsus guruhlar” ishlagani yuzasidan chora ko‘rmaydi. Bu haqda vazirlik axborot xizmati rahbari Farhod Babashev “Daryo”ga ma’lum qildi.

Vazirlik vakiliga ko‘ra, test imtihonlari — Davlat test markazi vakolatidagi masala, vazirlikning vazifasi esa — o‘qishga kirgani DTM tomonidan rasman tasdiqlangan shaxslarni o‘qitishdir.

Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi tomonidan chora ko‘rilmaydi. Test imtihonlari — Davlat test markazi vakolatidagi masala. Bu masala bo‘yicha barcha savollarni Davlat test markaziga berish kerak.

Vazirlik o‘qishga kirgan talabalarni o‘qitib beradi, abituriyentlarni test imtihonlariga tayyorlashga mas’ul. Lekin 1-avgustdagi jarayon, test imtihonlari natijalari — bari Davlat test markazi vakolatida.

Farhod Babashev, Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi Axborot xizmati rahbari

Mavzuga doir: “Bizga bunday xat kelmagan”. O‘zMUning Sotsiologiya yo‘nalishiga kirish imtihonlari natijalari bekor qilingani haqidagi xat — soxta

Avvalroq Toshkent davlat iqtisodiyot universiteti (TDIU, “Narxoz”), O‘zbekiston milliy universiteti (O‘zMU), Toshkent pediatriya tibbiyot instituti (ToshPTI, “SAMPI”) va Toshkent moliya instituti (TMI)ga kirish test imtihonlari vaqtida “shubhali tasodiflar” yuz bergani haqida xabarlar berilgan edi.

Mavzuga doir: “Shubhali tasodiflar” epidemiyasi: “Narxoz”, O‘zMU va “SAMPI”dan so‘ng navbat Moliya institutiga!

O‘zMUdagi holat yuzasidan universitet rektori Avazjon Marahimov, TMIdagi vaziyat bo‘yicha oliygoh rahbariyati munosabat bildirib, ular bunday “shubhali tasodiflar”ga qarshi kurash olib borayotgani, biroq abituriyentlarni o‘qishga kiritish bo‘yicha “ko‘chadagi sanoat” kuchli ekanini ta’kidlagan edi.

Mavzuga doir: “DTM natijalarini bekor qilolmaymiz, lekin shubhaga tushganlarga nisbatan talabni kuchaytiramiz”. O‘zMU rektori test imtihonlarida yuz bergan shubhali “tasodiflar”ga munosabat bildirdi

O‘zMU rektori sentabrdan shubhali tarzda o‘qishga kirganlikda gumon qilinayotganlarga nisbatan talab kuchaytirilishiga va’da bergan edi, TMI rahbariyati esa umuman test imtihonlarini isloh qilish zarurligini qayd etgan edi. Oliy Majlis Qonunchilik palatasi deputati Abduqodir Toshqulov esa “Narxoz”dagi vaziyat ko‘p yillardan beri shunday ekanini aytib, universitetni tanqid qilgan edi.

Mavzuga doir: Oliy Majlis deputati: “Narxoz”dagi ahvol bundan to‘rt yillar avval ham shunday edi. Test imtihonlari isloh qilinadi

Ayni vaqtda, TDIU va ToshPTI rahbariyatlari, DTM ma’muriyati va boshqa tegishli nazorat organlari hozircha bu vaziyat bo‘yicha izoh yo tushuntirish berganicha yo‘q. Jamoatchilik esa mazkur shubhali holatlar yuzasidan prokuratura tomonidan tekshiruv olib borilishini, shubha tushgan yo‘nalishlar bo‘yicha test imtihonlari natijalari bekor qilinishini talab etgan edi.

Mavzuga doir: “Prokuratura tekshirsin, test natijalari bekor qilinsin”. Jamoatchilik OTMlardagi “shubhali tasodiflar” bo‘yicha tekshiruv o‘tkazishni talab qilmoqda

“Daryo”ning YouTube’dagi rasmiy sahifasiga obuna bo‘ling

Опубликовано: admin (7-09-2017, 13:12)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Сколько времени в день вы проводите в социальных сетях?

КТО НА САЙТЕ?
( 97) ( 0) ( 94) ( 3)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют