» » Fattoh Shodiyev xalqaro fondi O‘zbekistonda vakolatxonasini ochdi

Fattoh Shodiyev xalqaro fondi O‘zbekistonda vakolatxonasini ochdi


Adliya vazirligi tomonidan Shodiyev xalqaro fondining O‘zbekistondagi vakolatxonasi Davlat ro‘yxatidan o‘tkazildi. Bu haqda Facebook’dagi “Adliya bilan muloqot” sahifasida xabar berildi.

Shodiyev xalqaro fondining bosh ofisi Lixtenshteyn knyazligida joylashgan bo‘lib, asosiy maqsadi ilmiy, tibbiy, ijtimoiy, madaniy va ta’lim sohalarida loyihalarni qo‘llab-quvvatlash va homiylik qilish hisoblanadi.

Fondning O‘zbekistondagi vakolatxonasining asosiy maqsadi O‘zbekiston Respublikasi hududida joylashgan bolalar uylariga gumanitar ko‘mak va aholiga tibbiy yordam ko‘rsatish loyihalariga xayriya yordami ko‘rsatishdan iborat.

O‘zbekistondagi vakolatxonaning rahbari etib Keyt Elizabet Maguayr tayinlangan.

Ma’lumot uchun: Fattoh Shodiyev kelib chiqishi o‘zbekistonlik bo‘lib, hozirda Belgiya fuqarosi hisoblanadi.

“Daryo”ning Telegram’dagi rasmiy kanali — @toshqindaryo’ga a’zo bo‘ling!

Опубликовано: admin (7-09-2017, 14:42)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Что нужно улучшить на нашем сайте?

КТО НА САЙТЕ?
( 64) ( 0) ( 63) ( 1)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют