» » Rossiyada xitoylik erkak bojxonadan 2 kilogramm oltinni yashirin ravishda olib o‘tmoqchi bo‘ldi

Rossiyada xitoylik erkak bojxonadan 2 kilogramm oltinni yashirin ravishda olib o‘tmoqchi bo‘ldi


Rossiyaning Amur viloyatida Xitoy fuqarosi chegaradan oyoq kiyimlariga ikki kilogramm oltin quymalarini yashirib olib o‘tishga urindi. Bu haqda Sharqiy Sibir transport prokuraturasi xabar berdi.

Blagoveshensk chegara nazorat punktida bojxonachilar oyoq kiyimining ostini o‘yib, kontrabanda olib o‘tish uchun maxsus tayyorlagan xitoylik fuqaroni aniqladi. Tekshiruv davomida uning oyoq kiyimidan 4 million 886 ming rubl (85 200 dollar) qiymatiga teng oltin topilgan.

Qonunbuzarga nisbatan “Strategik ahamiyatga ega resurslar kontrabandasi” bandi bo‘yicha jinoyat ishi qo‘zg‘atilgan.

Amaldagi Jinoyat Kodeksidagi “Kontrabanda” bandi tovarlarni olib kirishga taalluqli emas va faqat san’at buyumlari, qurollar va boshqa strategik hamda xavfli materiallarning hududda ko‘chib yurishini nazorat qiladi.

“Daryo”ning Telegram’dagi rasmiy kanali — @toshqindaryo’ga a’zo bo‘ling!

Опубликовано: admin (7-09-2017, 15:42)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Кто вы по знаку зодиака?

КТО НА САЙТЕ?
( 63) ( 0) ( 62) ( 1)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют