» » Tramp “Irma” to‘foni “Xarvi”dan vayronkorroq bo‘lishi mumkinligidan ogohlantirdi

Tramp “Irma” to‘foni “Xarvi”dan vayronkorroq bo‘lishi mumkinligidan ogohlantirdi


AQSh prezidenti Donald Tramp amerikaliklarni mamlakat janubi-sharqiga yaqinlashayotgan “Irma” to‘foni muqaddam Texasga yopirilgan “Xarvi”dan ham vayronkorroq bo‘lishi mumkinligidan ogohlantirdi. Bu haqda “TASS” xabar bermoqda.

“‘Irma’ — bu epik miqyosdagi to‘fon, u biz qachondir ko‘rganlar ichida eng qudratlisidir. Ehtiyot bo‘ling, imkon qadar uning yo‘lidan chiqmang. Federal hukumat tayyor!” — deb yozdi u Twitter’dagi sahifasida.

“Qirg‘oq qorovulining ajoyib xodimlari o‘tgan hafta ‘Xarvi’dan 15 ming kishini qutqarib qoldi. ‘Irma’ kuchliroq bo‘lishi mumkin. Biz Qirg‘oq qorovulini yaxshi ko‘ramiz!”, — qo‘shimcha qildi davlat rahbari.

“Daryo” yangiliklarini Facebook’da kuzatib boring

Опубликовано: admin (8-09-2017, 23:42)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Кто вы по знаку зодиака?

КТО НА САЙТЕ?
( 89) ( 0) ( 87) ( 2)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют