» » APL. Manchester titanlari qo‘shhokimga aylandi. “Liverpul” 5 ta gol farqi bilan mag‘lub bo‘ldi

APL. Manchester titanlari qo‘shhokimga aylandi. “Liverpul” 5 ta gol farqi bilan mag‘lub bo‘ldi


Angliya Premyer-Ligasining 4-turidan joy olgan markaziy o‘yinga Manchester shahridagi “Etihad” stadioni mezbonlik qildi.

Yurgen Klopp boshqaruvidagi “Liverpul” Sadio Mane qizil kartochka olib chiqib ketgach, “Manchester Siti”ga qarshi jiddiy qarshilik ko‘rsata olmadi va o‘z darvozasidan javobsiz 5 ta gol o‘tkazib oldi.

Shu tariqa “Siti” ochkolari sonini 10 taga yetkazib oldi va “Yunayted” bilan tenglashdi. Mavsumni ketma-ket uch g‘alaba bilan boshlagan Joze Mourinyo jamoasi 4-turga kelib 2 ochko yo‘qotdi.

London yetakchilari uchun tur omadli bo‘ldi. “Arsenal” va “Tottenhem” bir hilda — yirik g‘alabalarni qo‘lga kiritgan bo‘lsa, “Chelsi” kichik hisobda bo‘lsa-da ustunlikka erishdi. Mamlakatning amaldagi chempioni 4-tur o‘yinidan so‘ng Manchester shahri klublaridan keyin kuchli uchlikni yakunlab turibdi.

Angliya Premyer-Ligasi
4-tur bellashuvlari
9-sentabr, shanba

Gollar: Serxio Aguero, 24 (1:0). Gabriel Jezus, 45+6 (2:0). Gabriel Jezus, 53 (3:0). Leroy Sane, 77 (4:0). Leroy Sane, 90+1 (5:0).
Chetlatish: Sadio Mane, 37 (L).

Gollar: Harri Keyn, 28 (0:1). Kristian Eriksen, 42 (0:2). Harri Keyn, 46 (0:3).

Gollar: Abdulay Dukure, 38 (0:1). Deril Yanmat, 66 (0:2).

Gollar: Alvaro Morata, 41 (0:1). Ngolo Kante, 50 (0:2). Jeymi Vardi, 62-pen (1:2).

Gollar: Paskal Gross, 45 (1:0). Paskal Gross, 48 (2:0). Tommer Xemed, 64 (3:0). Jeyms Morrison, 78 (3:1).

Gollar: Denni Uelbek, 6 (1:0). Aleksandr Lyakazett, 27 (2:0). Denni Uelbek, 50 (3:0).

Gollar: Erik Shupo-Moting, 43 (1:0). Markus Reshford, 45+1 (1:1). Romelu Lukaku, 57 (1:2). Erik Shupo-Moting, 63 (2:2).

10-sentabr, yakshanba
“Byornli” — “Kristal Pelas”
“Suonsi” — “Nyukasl”

11-sentabr, dushanba
“Vest Hem” — “Xaddersfild”

“Daryo” yangiliklarini “Odnoklassniki”da kuzatib boring

Опубликовано: admin (10-09-2017, 02:42)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Кто вы по знаку зодиака?

КТО НА САЙТЕ?
( 98) ( 0) ( 97) ( 1)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют