» » Meksikada yuz bergan zilzilada mehmonxona ikkiga bo‘linib ketdi

Meksikada yuz bergan zilzilada mehmonxona ikkiga bo‘linib ketdi


Meksikaning Chyapas shtati qirg‘oqlarida yuz bergan zilzila kichik bir mehmonxonani ikkiga bo‘lib yubordi. Buning oqibatida hech kim qurbon bo‘lmagan, deb yozmoqda National Geographic.

Meksikaning 50 million aholisi 8-sentabrdagi yer silkinishini sezgan. Zilzilaning epimarkazi Chyapas shtatining qirg‘oqlarida bo‘lgan. Mutaxassislarning xabariga ko‘ra, zilzila so‘nggi 100 yil ichida Meksikadagi eng kuchli silkinish bo‘lgan. Silkinish magnitudasi 8,2 ni, qaytish kuchi 5,7 magnitudani tashkil qilgan.

A least 15 people have died after 8.1-magnitude earthquake strikes off coast of southern Mexico, state media reports https://t.co/uvaGJ8M5kb pic.twitter.com/AY2QktAo8e

— CNN (@CNN) September 8, 2017

Matias-Romero shahridagi ikkiga bo‘linib ketgan Anel mehmonxonasi vayronalari ostida to‘rt kishi qolib ketgan. So‘nggi ma’lumotlarga ko‘ra, ular qutqarib olingan.

Shuningdek, qirg‘oqbo‘yida sunami xavfi ham e’lon qilingan. Hozirgi vaqtda to‘lqinlar balandligi bir metrdan oshmayapti, biroq mutaxassislar to‘lqinlarning uch metrgacha ko‘tarilish xavfini inkor etmayapti.

“Daryo”ning Telegram’dagi rasmiy kanali — @toshqindaryo’ga a’zo bo‘ling!

Опубликовано: admin (10-09-2017, 12:42)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Понравился ли Вам наш сайт?

КТО НА САЙТЕ?
( 71) ( 0) ( 69) ( 2)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют