» » Tomosha tamom: Van Damm ham, Yemelyanenko ham, Jeff Monson ham, Stiven Sigal ham yo‘q

Tomosha tamom: Van Damm ham, Yemelyanenko ham, Jeff Monson ham, Stiven Sigal ham yo‘q


O‘zbekiston pinchak silat federatsiyasi tomonidan tashkil etilgan Asian Fight—2017 musobaqasi avvaldan va’da qilingan mashhurlarsiz o‘tdi. Bu haqda “Olamsport” nashri xabar berdi.

Musobaqa anonslarida Gollivud kinoaktyori Jan Klod Van Damm, UFC yo‘nalishi yetakchilari Fyodor Yemelyanenko hamda Jeff Monsonlarning Toshkentga faxriy mehmon sifatida tashrif buyurishi aytilgandi. Ammo turnirga 3 kun vaqt qolganida ularninng hech biri poytaxtga kela olmasligi ma’lum qilindi.

Mana shu uch mehmon o‘rniga boshqa bir kinoaktyor, aykido sport turi orqali jahonga mashhur bo‘lgan Stiven Sigalning yetib kelayotgani aytildi. Sigal chindan ham Toshkentga keldi va bir qator tadbirlarda ishtirok etdi. Biroq asosiy musobaqa — Asian Fight—2017 da u ham ko‘rinish bermadi.

Buning sabablari tashkilotchilar tomonidan oshkor qilinmagan. Sigal talab qilgan barcha pullar to‘lab berilgani va Van Damm hisobiga o‘tkazilgan pullar taqdiri qanday kechgani borasida ham aniq ma’lum yo‘q.

Asian Fight—2017 chiptalari 50 mingdan boshlab, 300 ming so‘mga qadar sotilgandi. Yakunda 34.800 muxlisni o‘z bag‘riga sig‘dira oladigan “Bunyodkor” stadioniga bor-yo‘g‘i 15 minglar chamasi ishqiboz tashrif buyurgan. Ularning necha foizi bepul taklifnoma va beydjiklar bilan stadionga kiritilgani borasida aniq ma’lumot yo‘q.

K-1 yo‘nalishida muvaffaqiyatli odimlayotgan, Xitoy va Tailand jangchilari orasida katta obro‘ qozonayotgan o‘zbekistonlik Anvar Boynazarov ham Asian Fight turniriga tashrif buyura olmagan. Bu holat aviareys bilan bog‘liq muammo sifatida izohlandi. Qolgan 7 o‘zbekistonlik jangchi esa “Bunyodkor” stadionida jang qildi.

“Daryo” yangiliklarini Facebook’da kuzatib boring

Опубликовано: admin (10-09-2017, 13:27)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Кто вы по знаку зодиака?

КТО НА САЙТЕ?
( 90) ( 0) ( 88) ( 2)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют