» » Turmush qurgan va turli otalardan tug‘ilgan egizaklar: bir butunlikning ikki a’zosi haqida qiziqarli faktlar

Turmush qurgan va turli otalardan tug‘ilgan egizaklar: bir butunlikning ikki a’zosi haqida qiziqarli faktlar


Odatda, egizaklar bir-biriga ikki tomchi suvdek o‘xshaydi. Ular o‘rtasida ko‘pincha o‘ziga xos aloqa bo‘ladi. Novate nashri egizaklar bilan bog‘liq qiziqarli faktlarni taqdim etdi.

Buyuk Britaniyada 2008-yilda bir juftlik egizak ekanligini tushunib yetib, ajrashib ketdi. Egizaklar tug‘ilganidan so‘ng turli oilalarga tushgan va yillar o‘tib uchrashgan hamda nikoh qurgan. Ular bir-birining aka-singil ekanligi haqida o‘ylab ham ko‘rmagan. Oxir-oqibat ular sud orqali ajrashgan.

Egizaklarning otalari turli kishilar bo‘lishi mumkin. Buning ehtimoli har 400 ta egizakda bittani tashkil qiladi.

Sutli mahsulotlarni ko‘p yeydigan ayollarda egizaklarni dunyoga keltirish ehtimoli ko‘proq bo‘ladi.

Agar bir xil tuxumli erkak jinsidagi egizaklar va bir xil tuxumli ayol jinsidagi egizaklardan bolalar tug‘ilsa, ularning bolalari yuridik jihatdan amakivachcha bo‘ladi, biroq genetik jihatdan tug‘ishgan hisoblanadi. Erkak va ayol egizaklar nikoh qursa, bu “kvartetli nikoh” deb ataladi.

Bir ayoldan tug‘ilgan eng ko‘p bola soni 69 nafarni tashkil qiladi. 40 yoshli ayolning 16 ta ikkitali egizak, 7 ta uchtali egizak va 4 ta to‘rttali egizak farzandi bo‘lgan. (16×2+7×3+4×4=69). Qahramon ona 2010-yilda 93 yoshida vafot etgan.

Har bir odam o‘ziga xos hidga ega bo‘ladi. Egizaklar bundan mustasno bo‘lib, ularnng DNKsi va hidi bir xil bo‘ladi. Egizaklar bir xil muhitda yashab, bir xil mahsulotlarni iste’mol qilsa, faqat it ularni farqlay olishi mumkin.

Bir xil egizaklarning barmoq izlari turlicha bo‘ladi. Barmoq izlari onaning homiladorlik davrida, embrion ajralishidan so‘ng shakllanadi.

Egizaklar bir-biri bilan ona qornidayoq aloqa o‘rnatadi. 14 haftalik bo‘lgan vaqtda ular bir-biriga tega boshlaydi. 18 haftalik bo‘lganida esa bir-biriga o‘zidan ko‘ra ko‘proq tegadi.

Ba’zi egizaklar o‘z tilini yaratdi. Ular kattalar bo‘lmagan vaqtda o‘z nutq modelini ishlab chiqadi. Egizaklar ko‘p vaqtni birga o‘tkazadi va ko‘p nutq amaliyotiga ega bo‘ladi. Bu til bolalarga “haqiqiy” til o‘rgatilganda unutiladi.

Erkak egizaklarning rafiqalarida birdaniga ikkita tuxum hujayra shakllansa, ularning bolalari ham egizak bo‘lishi mumkin.

Egizaklarning 22 foizi chapaqay bo‘ladi, oddiy odamlar ichida esa bu ko‘rsatkich 10 foizni tashkil qiladi. Mavjud nazariyaga ko‘ra, chapaqaylik egizaklar kabi ona qornida shakllanadi.

Nigeriyada egizaklar tug‘ilishining eng yuqori darajasi qayd etilgan. Eng past daraja esa Xitoyga tegishli.

Egizaklar tug‘ilganda ularning o‘rtacha vazni 2,4 kilogrammni tashkil qiladi. Biroq britaniyalik Xanna va Tomas tug‘ilganda ularning umumiy vazni sakkiz kilogrammni tashkil qilgan.

Oq ayiqlarda egizak bolaning tug‘ilishi tabiiy holat hisoblanadi. Aslida, ular ko‘pincha ikkita bola tug‘adi, kamdan-kam hollarda uchta yoki bitta bola tug‘iladi. Oq ayiqlarning urg‘ochilari 25 yilgacha avlod qoldirishi mumkin.

“Daryo”ning Telegram’dagi rasmiy kanali — @toshqindaryo’ga a’zo bo‘ling!

Опубликовано: admin (10-09-2017, 16:27)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Что нужно улучшить на нашем сайте?

КТО НА САЙТЕ?
( 108) ( 0) ( 107) ( 1)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют