» » Toshkent shahridagi kichik sanoat zonalari ishtirokchilariga imtiyozlar qo‘llash tartibi tasdiqlandi

Toshkent shahridagi kichik sanoat zonalari ishtirokchilariga imtiyozlar qo‘llash tartibi tasdiqlandi


Moliya va Iqtisodiyot vazirliklari hamda Davlat soliq qo‘mitasining qo‘shma qarori bilan Toshkent shahridagi kichik sanoat zonalari ishtirokchilari bo‘lgan korxonalarga imtiyozlar qo‘llash tartibi haqidagi nizom tasdiqlandi. Bu haqda Norma xabar bermoqda. 

O‘zbekiston Prezidentining “Toshkent shahrida kichik sanoat zonalari tashkil etish to‘g‘risida”gi qaroriga muvofiq, mazkur hududlarda joylashgan biznes subyektlari mol-mulk, yuridik shaxslar daromad solig‘i hamda yagona soliq to‘lovidan ozod etiladi. 

Nizomga ko‘ra, yuqoridagi soliq imtiyozlari quyidagi shartlarga rioya etilgan taqdirda qo‘llanadi:

Kichik sanoat zonasi ishtirokchisi tomonidan eng kam ish haqining kamida 3000 barobari miqdorida investitsiya kiritilganda;

Ishtirokchi tomonidan yil yakuni bo‘yicha eng kam ish haqining kamida 2000 barobari miqdorida sof foyda olinganda.

Qayd etish joizki, ishlab chiqarilgan mahsulotlar sotuvida eksport ulushi kamida 30 foizni tashkil etganda soliq imtiyozlarining qo‘llanishi qo‘shimcha 2 yilga uzaytiriladi. 

“Daryo”ning YouTube’dagi rasmiy sahifasiga obuna bo‘ling

Опубликовано: admin (11-09-2017, 12:57)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Кто вы по знаку зодиака?

КТО НА САЙТЕ?
( 92) ( 0) ( 91) ( 1)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют