» » Qanday qilib shampunga shifobaxsh xususiyatlar berish mumkin

Qanday qilib shampunga shifobaxsh xususiyatlar berish mumkin


Mumiyodan foydalanishning turli xil yo‘llari va usullari avloddan-avlodga o‘tib bugungi kungacha yetib kelgan.

Mumiyoni foydali maqsadlarda ishlatishning oddiy va foydali usullardan biri sochlarni o‘stirishga va chiroyli ko‘rinish berishga yordam beradi.

Mumiyo tarkibida sochlarning o‘sishiga, yaltirashiga va hajmini oshirishga yordam beradigan 30 dan ortiq mikroelementlar, kimyoviy birikmalar, vitaminlar va shifobaxsh moddalar mavjud.

Oddiy bilimlar va sochlarning o‘sishini, ko‘rinishini yaxshilash istagi yordamida hammamiz ham uy sharoitida shampun va mumiyo asosida sehrli vosita tayyorlashimiz mumkin.

Sochlar uchun xalq tabobatida mashhur bo‘lgan eng oddiy vositani tayyorlash uchun 200 ml lik bir shisha shampun, 10 dona mumiyo tabletkasi va 50 ml suv kerak bo‘ladi. Tayyorlashdan oldin mumiyo tabletkalarini ezib kukunga aylantiramiz va iliq suvda eritamiz. Keyin bu eritmani shampun bilan yaxshilab aralashtiramiz va shifobaxsh vositamiz tayyor bo‘ladi. Tabiiy moddalarni qo‘shish natijasida shampunning rangi o‘zgarishi mumkin.

Uy sharoitida tayyorlangan bu vositadan foydalanishdan oldin har gal shampun idishini bir necha marta silkiting va keyin ishlatishga kirishing. Yuvish jarayoni shifobaxsh elementlarning samarasi oshishini ta’minlash uchun sochlarni va boshni qo‘shimcha uqalash bilan birga 2-3 daqiqa davom etishi kerak. Keyin esa sochlarni ko‘proq miqdordagi suv bilan yaxshilab yuvib tashlash lozim.

Bu shifobaxsh vositadan bir necha marta foydalanganingizdan so‘ng uning ijobiy samaralarini seza boshlaysiz.

Manba: “Xitrosti jizni”

“Daryo”ning YouTube’dagi rasmiy sahifasiga obuna bo‘ling

Опубликовано: admin (12-09-2017, 08:42)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Понравился ли Вам наш сайт?

КТО НА САЙТЕ?
( 53) ( 0) ( 52) ( 1)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют