» » Olimlar 2050-yilga borib kofe yo‘q bo‘lib ketishi mumkinligini taxmin qilmoqda

Olimlar 2050-yilga borib kofe yo‘q bo‘lib ketishi mumkinligini taxmin qilmoqda


Olimlar iqlimning o‘zgarishi kofe daraxtlarining o‘sishiga va ularni changlantiruvchi hasharotlarga qanday ta’sir ko‘rsatishini aniqlab, yaqin vaqtlar ichida kofa yetishtiruvchilarni og‘ir kunlar kutayotganini ma’lum qilishdi. Tadqiqotga tegishli hisobot PNAS jurnalida chop etildi, deb xabar berdi “Korrespondent.net”.

Ta’kidlanishicha, Lotin Amerikasida kofe yetishtirish uchun yaroqli bo‘lgan deyarli barcha hududlar kofe daraxtlarini o‘sishi yoki muhim changlantiruvchilarning yashashi uchun juda issiq bo‘lib qoladi.

Olimlar guruhi kofe plantatsiyalari va asalarilarning yashash sharoitlariga bog‘liq bo‘lgan so‘nggi 50 yillikdagi ma’lumotlarni o‘rganib chiqishdi. Hisob-kitoblarga ko‘ra, iqlim o‘zgarishidan eng katta zarar asalarilarga qaraganda daraxtlar yetadi, ayniqsa, Janubiy Amerikaning tog‘li hududlariga. Shunga qaramay changlantiruvchilar hozirda kofe o‘sadigan joylardan butunlay yo‘qlib ketmaydi.

Kofe yetishtirishga yaroqli bo‘lgan plantatsiyalar 2050-yilga borib 73—88 foizga qisqarib ketadi.

Bu kabi jarayondan tog‘li va tropik hududlarda joylashgan davlatlar, jumladan, Nikaragua, Gonduras, Venesuela, Meksika, Kolumbiya, Kosta-Rika kabi davlatlar ko‘proq zarar ko‘radi.

Olimlarning ta’kidlashicha, global isishning yagona ustunligi, kofe yetishtirishga yaroqli bo‘lib qoladigan hududlardagi kofelarning unumdorligi 20 foizga oshishi mumkin. Bunga yog‘ingarchilikning, haroratning va asalarilar turining ko‘payishi sabab bo‘ladi.

“Daryo”ning YouTube’dagi rasmiy sahifasiga obuna bo‘ling

Опубликовано: admin (12-09-2017, 11:12)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Понравился ли Вам наш сайт?

КТО НА САЙТЕ?
( 62) ( 0) ( 61) ( 1)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют