» » Suvsiz hayot: Braziliyadagi qurg‘oqchilik asoratlari (foto)

Suvsiz hayot: Braziliyadagi qurg‘oqchilik asoratlari (foto)


Braziliyaning shimoli-sharqiy qismida yashovchi aholi so‘nggi 30 yildagi eng kuchli qurg‘oqchilikdan qiynalmoqda. “Kommersant” qurg‘oqchilikdan aziyat chekayotgan braziliyaliklar hayoti aks ettirgan fotojamlanmani taqdim etdi.

Hukumat chuchuk suv manbai bo‘lgan bo‘shab qolgan suv havzalarini to‘ldirish uchun daryo irmoqlarini yo‘naltirishni rejalashtirmoqda.

Juda kuchli jaziramadan so‘ng qurg‘oqchilik yuzaga keldi. Suvning yetishmasligidan qishloq xo‘jaligi jabr chekmoqda. Namlik darajasi so‘nggi 30 yildagi eng past darajaga tushdi.

Qurg‘oqchilikdan Kampina-Grandi shahri va uning atrofida yashovchi 400 ming kishi aziyat chekdi. Hududni chuchuk suv bilan ta’minlagan Bakeyran suv omborida atigi 4 % suv qoldi.

“Agar suv ombori to‘ldirilmasa, butun shaharning suv ta’minot tizimi parokandalikka yuz tutadi”, — deydi Kampina-Grandi universitetining suv resurslari bo‘yicha eksperti, professor Janiru Kosta Rego.

Muammoni hal qilish uchun Braziliya rasmiylari hududdagi San-Fransisko daryosining irmog‘ini Kampina-Grandi suv omboriga yo‘naltirishni rejalashtirmoqda. Loyiha 2000-yildan buyon tayyorlanmoqda, biroq hali yakuniga yetgani yo‘q.

Jazirama va suvning yetishmasligi tufayli uy hayvonlari kasalliklarga yo‘liqmoqda.

Mahalliy aholi vakillarining so‘zlariga ko‘ra, yuvinish yoki suv to‘plash uchun shahardan uch kilometr uzoqqa borishga to‘g‘ri kelmoqda.

Biz barcha bananlarni, kartoshkalarni, mevalarni yo‘qotdik.

Edivaldo Brito, Kampina-Grandida yashovchi kishi

Quruq kelgan yoz hosilning nobud bo‘lishiga olib keldi. Shu tufayli Braziliya birinchi marta kofe import qilishni rejalashtirmoqda. Kofe yetkazib berish bo‘yicha muzokaralar Vyetnam kompaniyalari bilan olib borilmoqda.

Braziliya chuchuk suvning eng katta zaxiralariga ega bo‘lishiga qaramasdan, bu oxirgi bir necha yilda qurg‘oqchilik sababli yuzaga kelgan ikkinchi inqiroz. 2015-yilda Rio-de-Janeyro va San-Paulo megapolislari qurg‘oqchilikdan aziyat chekkan edi.

Braziliyaning shimoli-sharqiy qismi aholisi idishlarda yetkazib berilayotgan suvning yetarli emasligidan nolimoqda.

Qurg‘oqchilikdan aziyat chekkan hududlardan biri — Paramba shtatida mahalliy aholi ijtimoiy ko‘mak dasturi hisobidan yashamoqda.

Suv muammosi davom etadiganga o‘xshaydi. Hozir saylovoldi kampaniyasi ketmoqda, siyosatchilar bizga yordam berishga va’da bermoqda. Biroq bu bizning ovozimizni olish uchungina qilinmoqda.

Edivaldo Brito, Kampina-Grandida yashovchi kishi

“Daryo”ning Telegram’dagi rasmiy kanali — @toshqindaryo’ga a’zo bo‘ling!

Опубликовано: admin (28-02-2017, 22:29)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Что нужно улучшить на нашем сайте?

КТО НА САЙТЕ?
( 63) ( 0) ( 62) ( 1)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют