» » Dunyodagi eng yaxshi temir yo‘l marshrutlari (foto)

Dunyodagi eng yaxshi temir yo‘l marshrutlari (foto)


National Geographic Traveler jurnali o‘zining avgust—sentabr oyidagi sonida uzoq masofaga mo‘ljallangan dunyoning eng yaxshi poyezlari haqida ma’lumotlarni taqdim etdi, deb xabar berdi Insider Pro.

Belgrad — Bar temir yo‘l liniyasi 12 soat davomida yo‘lovchilarni Serbiya poytaxtidan Chernogoriyaning Adriatika qirg‘oqlariga qadar 435 ta ko‘prik va 254 ta tunneldan olib o‘tadi.

Markaziy Amerika bilan tanishishning eng yaxshi usuli — California Zephyr temir yo‘li orqali sayohat uyushtirishdir. Ushbu yo‘l Rocky Mountains qorli tog‘ bag‘irlari va Serra-Nevada orqali o‘tib, Tinch okeani qirg‘oqlariga yetib boradi.

Kanada temir yo‘l xizmatidan foydalanib Torontodan Vankuverga otlangan yo‘lovchilar uch kun davomida oltin preriyalar, ko‘plab ko‘llar va chiroyli shaharchalarning ko‘rinishidan bahra oladi.

Royal Rajasthan on Wheels — bu poyezd bortidagi shohona kurort: u yerda hatto spa-salonlar ham mavjud! Yo‘lovchilar bir hafta davomida hind qal’alarini, ibodatxonalarini va Toj Mahalni tomosha qilishi mumkin.

Glacier Express Shveysariya Alpidagi ikkita yirik tog‘ kurortini o‘zaro bog‘lab turadi — yo‘lovchilarni tog‘ yonbag‘rida joylashgan ajoyib manzaralar, maysazorlar va qishloqlar kutmoqda.

Train to the Clouds Salta, Argentina va Chili chegarasiga qadar And tizmasi orqali o‘tib boradi. Bu dunyodagi eng baland tog‘ temir yo‘llaridan biri hisoblanadi.

Shongololo Express yo‘lovchilari go‘zal tabiat qo‘riqxonalarini va Namibiya, JAR hamda Zimbabvedagi hunarmadlar bozorlarini tomosha qilish baxtiga muyassar bo‘ladi.

Orient Express yo‘lovchilar o‘zlarini temir yo‘lning oltin asriga tushib qolgandek his qilishadi. Bu yerda to‘rt mahal shohona tushlik tortiladi. U ikki kun davomida London — Venetsiya yo‘nalishi bo‘yicha qatnaydi.

Belmond Grand Hibernian poyezdi Irlandiya bo‘ylab harakatlanadi. Dublindan Kork yoki Belfastga sayohat qilganingizda uning ajoyib vagonlaridan bahramand bo‘lishingiz mumkin.

“Daryo” yangiliklarini “Odnoklassniki”da kuzatib boring

Опубликовано: admin (12-09-2017, 15:42)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Сколько времени в день вы проводите в социальных сетях?

КТО НА САЙТЕ?
( 33) ( 0) ( 31) ( 2)
Юзеры:
- отсутствуют
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют