» » AQSh moliya vazirligi: KXDR banklari vakillari Rossiyada BMT qarorlariga zid ravishda ishlamoqda

AQSh moliya vazirligi: KXDR banklari vakillari Rossiyada BMT qarorlariga zid ravishda ishlamoqda


BMT Xavfsizlik Kengashining sanksiyalari yangilanganiga qaramay, Shimoliy Koreya banklari vakillari Rossiya hududida avvalgiday ishlashda davom etmoqda. Bu haqda AQSh moliya vazirining yordamchisi Marshall Billingsli bayonot berdi, deb xabar qiladi “TASS”.

“Rossiya kompaniyalari Shimoliy Koreyani qo‘llab-quvvatlashda davom etmoqda”, — dedi u.

Amaldorning so‘zlariga qaraganda, KXDRning bank vakillari RF hududida har qanday rezolyutsiyalarga zid ravishda ishlamoqda.

“Vaholanki, Rossiya BMTda shu rezolyutsiyalarni yoqlab ovoz bergan”, — ta’kidladi Billingsli.

Shu bilan birga, u Xitoy va Rossiya BMT Xavfsizlik Kengashining KXDR bo‘yicha oxirgi rezolyutsiyasini qo‘llab-quvvatlagani bois ular haqida maqtov so‘zlarini aytdi.

“Daryo”ning YouTube’dagi rasmiy sahifasiga obuna bo‘ling

Опубликовано: admin (13-09-2017, 00:12)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Понравился ли Вам наш сайт?

КТО НА САЙТЕ?
( 95) ( 0) ( 94) ( 1)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют