» » Alibaba asoschisi Jek Ma Maykl Jekson uslubida raqs ijro etdi (video)

Alibaba asoschisi Jek Ma Maykl Jekson uslubida raqs ijro etdi (video)


Alibaba kompaniyasining asoschisi va xitoylik eng boy odam Jek Ma kompaniyaning 18 yilligi yubileyida “pop musiqa qiroli” Maykl Jeksondan ilhomlangan holda raqs ijro etdi. Mazkur tadbirda 40 mingdan ortiq kishi ishtirok etdi. Bu haqda TJournal xabar berdi.

Ma sahnaga motosiklda qora oltinrang kiyim kiygan holda boshida niqob bilan chiqib kelgan. Shundan so‘ng ishbilarmon Maykl Jeksonning “Bille Jean” qo‘shig‘i ostida bir nechta raqs harakatini ijro etgan.

Keyin esa Ma niqobini yechib, sahnaga kompaniyaning boshqa vakillarini taklif qilgan. Shundan so‘ng ular bilan “Black or White” qo‘shig‘i ostida raqsga tushishda davom etdi. Taqdimot oxirida biznesmen sahnani motosiklda tark etgan.

2009-yilda Jek Ma kompaniyaning 10 yilligi munosabati bilan uyushtirilgan kechada xodimlar uchun “Qirol sher” multfilmidagi qo‘shiqni ijro etgan.

“Daryo” yangiliklarini “Odnoklassniki”da kuzatib boring

Опубликовано: admin (13-09-2017, 06:27)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Что нужно улучшить на нашем сайте?

КТО НА САЙТЕ?
( 64) ( 0) ( 63) ( 1)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют