» » “Manchester Yunayted” Chempionlar Ligasiga qaytishini yirik g‘alaba bilan nishonladi

“Manchester Yunayted” Chempionlar Ligasiga qaytishini yirik g‘alaba bilan nishonladi


Angliyaning “Manchester Yunayted” futbol klubi Yevropa Chempionlar Ligasiga qaytishini yirik g‘alaba bilan boshladi.

Musobaqaga chiptani APLdagi ishtiroki orqali emas, Yevropa Ligasida g‘olib bo‘lib qo‘lga kiritgan “mankunianlar”, guruh bosqichining ilk turida “Bazel” ustidan yirik g‘alabaga erishdi — 3:0.

Mazkur guruhning ikkinchi o‘yinida Moskva “armiyachilar”i Portugaliyaning amaldagi chempioni hisoblangan “Benfika” maydonidan g‘alaba bilan qaytishni uddaladi. Bunda ular o‘z irodalarini namoyish qilib, hisobda ortda borayotgan joylaridan vaziyatni o‘nglay olishdi.

27-sentabr kuni “Yunayted” Moskvaga tashrif buyuradi, Benfika esa “Bazel” bilan o‘yin uchun Shveysariyaga keladi.

Yevropa Chempionlar Ligasi
“A” guruhi. 1-tur
12-sentabr, seshanba

Gollar: Xaris Seferovich, 50 (1:0). Vitinyo, 63-pen (1:1). Timur Jamaletdinov, 71 (1:2).

Gollar: Maruan Fellaini, 35 (1:0). Romelu Lukaku, 53 (2:0). Markus Reshford, 84 (3:0).

“Daryo”ning Telegram’dagi rasmiy kanali — @toshqindaryo’ga a’zo bo‘ling!

Опубликовано: admin (13-09-2017, 06:57)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Сколько времени в день вы проводите в социальных сетях?

КТО НА САЙТЕ?
( 33) ( 0) ( 33) ( 0)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
- отсутствуют
Последние 20 посетителей... - отсутствуют