» » UzMobile: Biz Asian Fight 2017 musobaqasining tashkilotchisi emasmiz, shunchaki hamkori edik

UzMobile: Biz Asian Fight 2017 musobaqasining tashkilotchisi emasmiz, shunchaki hamkori edik


UzMobile kompaniyasi o‘zining Facebook’dagi sahifasida Asian Fight 2017 musobaqasining tashkillashtirilishi borasida yurgan gap-so‘zlarga izoh berdi.

“Bizning kompaniyamiz bu kabi tadbirning o‘tkazilish g‘oyasi abonentlarimiz va O‘zbekiston Respublikasining barcha aholisi uchun qiziq bo‘lishini inobatga olib ijobiy baholagan edik. Biz bundan keyin ham ushbu turdagi sport tadbirlari ahamiyatli va kerakli bo‘lgani uchun ularni qo‘llab-quvvatlashni davom etamiz.

Biz Asian Fight 2017 qoniqarsiz tashkillashtirilgani borasidagi fikrlarga qo‘shilamiz va bu haqida loyiha tashkilotchisi Sunrise Entertainment agentligiga ma’lum qildik. UzMobile kompaniyasi ushbu tadbirning tashabbuskori yoki tashkilotchisi emas, shunchaki bosh hamkori xolos. Biz loyihani, uning reklamasini moliyalashtirishni va UzMobile’dan sovrinli o‘yinlar o‘tkazish borasidagi qarorni qabul qilganimizda, va’da qilingan narsalarning aksariyati amalga oshirilmasligini, albatta, kutmagan edik.

Musobaqaning formati va jadvali, shuningdek, dastlabki tadbirlarning tashkillashtirilishi va “Bunyodkor” stadionida bo‘lib o‘tgan musobaqaning o‘zi biz bilan maslahatlashimlagan holda, faqatgina tashkilotchilar tomonidan aniqlangan, mehmonlar tarkibi UzMobile reklamasi joylashtirilguniga qadar e’lon qilingan.

Abonentlarimizga bizni tushunganliklari uchun minnatdorchilik bildiramiz va bu turdagi yangi loyihalarni kelajakda amalga oshirishda hamkorlarni yaxshiroq tanlab olishga harakat qilamiz.

UzMobile ma?muriyati

“Daryo”ning YouTube’dagi rasmiy sahifasiga obuna bo‘ling

Опубликовано: admin (13-09-2017, 12:27)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Что нужно улучшить на нашем сайте?

КТО НА САЙТЕ?
( 32) ( 0) ( 31) ( 1)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют