» » O‘zbekiston delegatsiyasi Butunjahon turizm tashkiloti Bosh assambleyasi sessiyasida ishtirok etadi

O‘zbekiston delegatsiyasi Butunjahon turizm tashkiloti Bosh assambleyasi sessiyasida ishtirok etadi


Turizmni rivojlantirish davlat qo‘mitasi raisi Aziz Abduhakimov boshchiligidagi O‘zbekiston delagatsiyasi 11—16-sentabr kunlari Xitoy xalq Respublikasining Chendu shahrida bo‘lib o‘tadigan BMT Butunjahon turizm tashkiloti Bosh assambleyasining 22-sessiyasida ishtirok etadi. Bu haqda Turizmni rivojlantirish Davlat qo‘mitasi matbuot xizmatiga asoslanib, UzDaily xabar bermoqda.

Butunjahon turizm tashkiloti Bosh assambleyasi sessiyasi muntazam ravishda ikki yilda bir marta o‘tkaziladi.

Mazkur tadbir tashkilot a’zolari tomonidan ovoz berish yo‘li bilan aniqlanadigan dunyoning turli shaharlarida bo‘lib o‘tadi.

22-sessiyaning kun tartibidan yangi Bosh kotibni saylash, turizm va barqaror rivojlantirish, “aqlli turizm” bo‘yicha maxsus yig‘ilish, Butunjahon turizm tashkilotining dunyoviy ahloq kodeksini  xalqaro konvensiyaga aylantirish va turizm sohasining joriy yo‘nalishlarini o‘zgartirish kabi masalalar o‘rin olgan.

Joriy yilda Butunjahon turizm tashkiloti Bosh assambleyasi sessiyasida dunyoning 160 dan ortiq mamlakatlaridan 1000 dan ziyod delegatlar ishtirok etadi.

“Daryo” yangiliklarini Facebook’da kuzatib boring

Опубликовано: admin (13-09-2017, 13:57)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Понравился ли Вам наш сайт?

КТО НА САЙТЕ?
( 106) ( 0) ( 103) ( 3)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют