» » Sudlanganligi sababli ishga qabul qilmaslik g‘ayriqonuniy deb topilishi mumkin

Sudlanganligi sababli ishga qabul qilmaslik g‘ayriqonuniy deb topilishi mumkin


Adliya vazirligida “O‘zbekiston Respublikasining Mehnat kodeksiga o‘zgartirish va qo‘shimchalar kiritish to‘g‘risida”gi Qonun loyihasi ustida ish olib borilmoqda. Loyiha Facebook ijtimoiy tarmog‘idagi “Adliya bilan muloqot” guruhida e’lon qilingan. Bu haqda Norma’ga tayanib, UZ24 xabar berdi.

Qayd etilishicha, Mehnat kodeksining 78-moddasi ikkinchi qismini yangi xatboshi bilan to‘ldirish taklif etilmoqda. Unga ko‘ra, ishga qabul qilishni g‘ayriqonuniy ravishda rad etish ro‘yxatida, qonunda ko‘zda tutilgan holatlarni istisno qilgan holda, sudlanganligi hamda yaqin qarindoshlarining sudlanganligi sababli rad etish nazarda tutilmoqda.

Loyiha o‘zgartirilishi, qo‘shimchalar kiritilishi yoki rad etilishi mumkin.

“Daryo”ning YouTube’dagi rasmiy sahifasiga obuna bo‘ling

Опубликовано: admin (14-09-2017, 12:42)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Понравился ли Вам наш сайт?

КТО НА САЙТЕ?
( 79) ( 0) ( 78) ( 1)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют