» » Senat O‘zbekistonning ayrim qonun hujjatlariga o‘zgartish va qo‘shimchalar kiritdi

Senat O‘zbekistonning ayrim qonun hujjatlariga o‘zgartish va qo‘shimchalar kiritdi


2017-yil 28-mart kuni Toshkent shahrida ochilgan O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Senatining to‘qqizinchi yalpi majlisida senatorlar “Fuqarolarning huquq va erkinliklarini ishonchli himoya qilish kafolatlarini ta’minlashga doir qo‘shimcha chora-tadbirlar qabul qilinishi munosabati bilan O‘zbekiston Respublikasining ayrim qonun hujjatlariga o‘zgartish va qo‘shimchalar kiritish to‘g‘risida”gi O‘zbekiston Respublikasi qonunini ko‘rib chiqdi, deya xabar bermoqda O‘zA. Qonun O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2016-yil 21-oktabrdagi “Sud-huquq tizimini yanada isloh qilish, fuqarolarning huquq va erkinliklarini ishonchli himoya qilish kafolatlarini kuchaytirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi farmoniga muvofiq tayyorlandi.

Senatorlar ta’kidlaganlaridek, ushbu qonun sud-huquq tizimini yanada demokratlashtirishga va erkinlashtirishga, sud, huquqni muhofaza qilish va nazorat organlari faoliyatining samaradorligini oshirishga, aholining odil sudlovga bo‘lgan ishonchini oshirishga, jamiyatda qonun ustuvorligini ta’minlashga hamda qonuniylikni mustahkamlashga qaratilgan.

Qonun bilan Jinoyat, Jinoyat-protsessual, Fuqarolik protsessual, Jinoyat-ijroiya kodekslariga, “Sudlar to‘g‘risida”gi va “Prokuratura to‘g‘risida”gi qonunlarga o‘zgartish va qo‘shimchalar kiritilmoqda. Ushbu o‘zgartish va qo‘shimchalarda qamoqqa olish tarzidagi jinoiy jazoni bekor qilish nazarda tutilmoqda, shu bilan bir vaqtda jinoiy jazolar tizimiga ozodlikdan mahrum etish bilan bog‘liq bo‘lmagan yengilroq jazo turi – “majburiy jamoat ishlari” kiritilmoqda. Jinoyat sodir etganlikda gumon qilinayotgan shaxslarni qamoqda saqlash muddati 72 soatdan 48 soatgacha, qamoqqa olish yoki uy qamog‘i tarzidagi ehtiyot chorasini qo‘llash, shuningdek, dastlabki tergov muddatlari 12 oydan 7 oygacha qisqartirilmoqda.

Bundan tashqari, ushbu o‘zgartish va qo‘shimchalarga muvofiq pochta-telegraf jo‘natmalarini xatlab qo‘yishga va murdani eksgumatsiya qilishga sanksiyalar berish huquqini prokuraturadan sudlarga berish nazarda tutilmoqda. Shunday qilib, sud ishi yurituvida “Xabeas korpus” institutini qo‘llash sohasi kengaytirilmoqda, jinoyat jarayonida sud nazorati roli va ahamiyati kuchaytirilmoqda. Qonunga muvofiq sudlarga qamoqqa olish yoki uy qamog‘i tarzidagi ehtiyot chorasini qo‘llashni rad etishda muqobil ehtiyot choralarini qo‘llash huquqi berilmoqda. Bunda sud tomonidan qo‘shimcha tergov o‘tkazish uchun jinoyat ishini qaytarish instituti butunlay bekor qilinmoqda, sud tekshiruvi jarayonida kamchiliklarni to‘ldirish mexanizmlari qonun bilan mustahkamlab qo‘yilmoqda. Qonunda fuqarolik ishlari bo‘yicha sud qarorini nazorat tartibida qayta ko‘rib chiqish muddati 3-yildan 1-yilga qisqartirilmoqda.

Qonun bilan viloyat darajasidagi jinoiy va fuqarolik ishlarini sudlar tomonidan ko‘rib chiqish institutini bekor qilishni, nazorat tartibida protest keltirish bo‘yicha sudlarning tegishli raislari va prokurorlari vakolatlarini istisno etishni nazarda tutuvchi tegishli tuzatishlar kiritildi. Qonunda O‘zbekiston Respublikasi Oliy sudi Plenumi va Rayosatining ishlarni nazorat tartibida ko‘rib chiqishga doir bir-birini takrorlovchi vakolatlari bekor qilindi. Qonun senatorlar tomonidan ma’qullandi.

Shundan so‘ng senatorlar “O‘zbekiston Respublikasining ayrim qonun hujjatlariga o‘zgartish va qo‘shimchalar kiritish to‘g‘risida”gi O‘zbekiston Respublikasi qonunini ko‘rib chiqdilar.

Qonun bilan “Faoliyatning ayrim turlarini litsenziyalash to‘g‘risida”gi, “Tadbirkorlik faoliyati sohasidagi ruxsat berish tartib-taomillari to‘g‘risida”gi hamda boshqa qonun hujjatlariga tegishli o‘zgartish va qo‘shimchalar kiritilmoqda.

Senatorlar ushbu o‘zgartish va qo‘shimchalar litsenziyalarni va ruxsat etish xususiyatiga ega hujjatlarni qayta rasmiylashtirish tartibini soddalashtirishga hamda litsenziyalash va ruxsat berish tartib-taomillaridan o‘tish sohasini huquqiy tartibga solishda noaniqliklarni bartaraf etishga qaratilganligini ta’kidladilar.

Masalan, tadbirkorlik faoliyati subyektlarini rag‘batlantirish va ularga qo‘shimcha qulayliklar yaratish uchun qonunda litsenziatlar va tadbirkorlik subyektlari – faoliyatning ayni bir litsenziyalanadigan turini amalga oshirish uchun litsenziyaga hamda ayni bir harakatni va (yoki) faoliyatni amalga oshirish uchun ruxsat etish xususiyatiga ega hujjatlarga ega yuridik shaxslar qo‘shib yuborilgan taqdirda faqat bitta litsenziya yoki ruxsat etish xususiyatiga ega hujjatni qayta rasmiylashtirish nazarda tutilmoqda. Amaldagi qonun hujjatlarida ushbu masalalarning tartibga solinmaganligi huquqni qo‘llash amaliyotida huquqiy noaniqlik keltirib chiqarar va litsenziyani qayta rasmiylashtirishda litsenziyalovchi organlar tomonidan subyektiv talqin qilinishiga sabab bo‘lardi.

O‘zbekiston Respublikasi Birinchi Prezidentining 2016-yil 9-fevralda qabul qilingan “Sog‘lom ona va bola yili” Davlat dasturi to‘g‘risida”gi qaroriga muvofiq “Oziq-ovqat mahsulotining sifati va xavfsizligi to‘g‘risida”gi qonunga o‘zgartish va qo‘shimchalar kiritilmoqda. Ushbu o‘zgartish va qo‘shimchalarga muvofiq qonun hujjatlariga yangi – “oziq-ovqat xavfsizligi” tushunchasi kiritilmoqda, bu sohadagi huquqiy tartibga solishni takomillashtirishga qaratilgan huquqiy mexanizmlar mustahkamlanmoqda.

Опубликовано: admin (29-03-2017, 09:28)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Что нужно улучшить на нашем сайте?

КТО НА САЙТЕ?
( 74) ( 0) ( 72) ( 2)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют